Matbuot sharhlari 30.01.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2095265
Matbuot sharhlari 30.01.2024

Yenişafak gazetasi: “Biz buni mahalliy muhandislik va dizaynimiz orqali amalga oshirdik”. Prezident Erdo‘g‘an Istanbul aeroporti metrosi Kag‘ithane - Gayrettepe yo‘lining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida, “Metro liniyasining ilk loyihasidan uning yo‘lga qo‘yilishiga qadargi jarayonlarni mahalliy muhandislik va dizaynimiz orqali amalga oshirganimizdan faxrlandik. Biz yo‘lga qo‘ygan har bir loyihaning milliy jihatining ortishiga alohida e’tibor bermoqdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: “Hakan Fidan G‘azodagi holatga e’tiroz bildirdi. G‘azoda davom etayotgan fojiaga e’tibor qaratgan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, “Qurol o‘qlari va bombalar yuzasidan minglab inson qurbon bo‘lar ekan endilikda Isroil tomonidan G‘azoda garovga olingan millionlab falastinlik ochlik va yuqumli kasallik yuzasidan jon bermoqda. G‘azoga olib kirilishiga ruxsat berilmagan insonparvarlik yordamlari bilan tibbiy ashyolar, ichkarida katta falokat borligidan dalolat beradi”. – deya gapirdi.

Hürriyet gazetasi: “40 million kub metr ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda”. Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Filyos tabiiy gazni qayta ishlash zavodida olib borgan tekshiruv ishlari ortidan bergan bayonotida: “Ishlab chiqarish faoliyatimiz 2,7 million kub metrga yetdi. Yaqinda bu raqamni 10 million kub metrga, keyin esa kuniga 40 million kub metrgacha chiqarishni rejalashtirmoqdamiz”. – dedi.

Sabah gazetasi: Chet elliklarning «TÜRKSAT»ga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda. «TÜRKSAT» sun’iy yo‘ldoshlaridan xizmat olgan chet el kanallari soni 3 yil ichida taxminan 69 foizga oshib, 83 tadan 140 taga chiqar ekan, 2023 - yil oxiriga kelib umumiy kanallar soni 523 taga yetdi. Bu o‘sish orqali chet elliklarning «TÜRKSAT»ga bo‘lgan qiziqishidagi ortish e’tiborlarni o‘ziga tortdi.

Habertürk gazetasi: Dunyoning eng yaxshi 100 ta plyaj ro‘yhati tuzildi. AQShning sayyohlik firmalaridan biri bo‘lgan «Lonely Planet», dunyoning eng yaxshi 100 ta plyaj ro‘yhatini tayyorladi. Unga Turkiya nomidan Mug‘laning Fethiye tumanida o‘rin olgan Kabak qo‘ltig‘i ham kiritildi.

 



Aloqador xabarlar