Matbuot sharhlari 29.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2094462
Matbuot sharhlari 29.01.2024

 

Yeni shafak gazetasi: “Tashqi ishlar vazirligi: ba'zi davlatlarning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligiga (UNRWA) yordam berishni to'xtatib qo'yganidan xavotirdamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi kechagi bayonotida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligiga (UNRWA) insonparvarlik yordamlari to'xtatilishidan xavotirda ekanligini bildirdi. Ushbu tashkilotning bir necha a'zosiga qarshi da'volar tufayli Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligiga insonparvarlik yordamini to'xtatish "birinchi navbatda falastinliklarga" zarar yetkazishi ta'kidlandi.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir Kajir: ''Turkiya Ilmiy tadqiqot bazasi uchun zarur faoliyatlar davom etmoqda'' sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir Turkiyadan bir guruh olimlar va tadqiqotchilar 8-Milliy Antarktika Ilmiy Ekspeditsiyasida ishtirok etish uchun kecha Istanbuldan yo'lga chiqqanini ma'lum qildi. Kajir, Antarktidada tashkil etiladigan Turk Ilmiy tadqiqot bazasi uchun zarur faoliyatlar olib borilayotganini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Kosmosdan 3-aloqa” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning birinchi kosmonavti Alper Gezeravji dastlab Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an, ortidan esa Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir bilan muloqot qildi, keyin esa Samsun universiteti talabalari va akademiklari ishtirokida ilk jonli videokonferensiya aloqa amalga oshirildi. Muloqotda Gezeravji Xalqaro kosmik stansiyada olib borilayotgan tajribalar haqida ma’lumot berdi.

 

Sabah gazetasi: “BARKANdan 1000 kilometrlik yutuq” sarlavhasi bilan xabar berdi.

 Xabarga ko’ra, Turk mudofaa sanoatining haydovchisiz quruqlik vositasi BARKAN qorli va loyqali dalalarda qiyin sharoitlarda 1000 kilometr masofani bosib o'tdi. Ushbu vosita o'zining xususiyatlari bilan nafaqat xavfsizlik kuchlariga qarshi assimetrik tahdidlarni bartaraf qiladi, balki murakkab hududlarda va og'ir ob-havo sharoitida harakatlanish imkonini beradi.

 

Xabar turk gazetasi: “Arda Gulerdan "To’xtash yo’q, davom” so’zi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ispaniya 1-Futbol Ligasida (LaLiga) Real Madrid formasiga ega bo’lgan turk milliy futbolchi Arda Guler ilk bor ligada to’p surdi. Arda Guler, "Kelgusida yana ko'p xush xabarlarni eshitasiz. To’xtash yo’q, davom” dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar