Matbuot sharhlari 26.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2093753
Matbuot sharhlari 26.01.2024

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g'andan Falastin diplomatiyasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Janubiy Afrika Prezidenti Ramafosa bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog’ida ikki tomonlama munosabatlar, Isroilning Falastinga hujumlarini to’xtatish va boshqa global muammolar muhokama qilindi. Erdo'g'an, Turkiya Isroil qilmishiga yarasha munosib jazo olishi uchun maksimal darajada harakat qilishini bildirdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyadan Shvetsiyaga NATO vizasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya parlamentida qabul qilingan Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Hujjat hukumatning “Resmi Gazete” gazetasida e'lon qilindi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyadan terrorizmga qarshi kurashda qat’iylik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an boshchiligida o’tkazilgan Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi ortidan yozma bayonot berildi. “Xalqaro huquq doirasida, qayerda bo’lishidan qat’i nazar, mamlakatimizga tahdid solayotgan barcha terror tashkilotlari va ularning safdoshlarini nishonga olishda davom etamiz” deyiladi bayonotda.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya AQShning Suriyadan chiqishi haqidagi iddaolarga munosabat bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi AQShning Suriyadan chiqishi haqidagi iddaolarga munosabat bildirdi. Bu boradagi rasmiy bayonotni ko'rmasdan, bunday xabarlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligi ta'kidlandi. Mudofaa va xavfsizlik masalalari boʻyicha mintaqadagi barcha oʻzgarishlar yaqindan kuzatilayotgani qayd etildi.

 

Star gazetasi: “Ostona sammitida Turkiya, Rossiya va Eronning mushtarak qarori” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Suriya boʻyicha 21-Ostona muzokaralarida mexanizmning kafil davlatlari Turkiya, Rossiya va Eron terrorizmga va qoʻshni davlatlarning milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi boʻlginchilarning harakatiga, jumladan transchegaraviy hujumlar va Suriyadan kirib kelish holatlariga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar