Matbuot sharhlari 25.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2093386
Matbuot sharhlari 25.01.2024

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g'an va Raisiydan terrorizmga qarshi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qo’shma bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Anqarada Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi. “Mamlakatimiz va mintaqamiz xavfsizligiga tahdid solayotgan PKK/PYD/YPG va PJAK terror tashkilotlariga qarshi hamkorlikni yanada kuchaytirishning ahamiyatiga to’xtaldik”,- dedi Erdo’g’an anjumanda so’zlagan nutqida.

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Kosmonavtlarimiz kosmosga chiqishda davom etadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an turk kosmonavtining kosmosga parvoz qilishi bilan Turkiya bu sohada tarixiy qadam tashlaganligini aytdi. Erdo’g’an, “Raketalarimiz koinotga parvozini davom ettiradi, samolyot tashuvchilarimizni qurishda davom etamiz. Chunki biz hamma joyda, quruqlikda, dengizda, havoda o’z o’rnimizga ega bo’lamiz. Umid qilamizki, mudofaa sanoatida kuchimizni yanada oshiramiz”, dedi.

Hurriyat gazetasi: “Turkiya global kosmik loyihalarda ishtirok etadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, Turkiyaning eng muhim maqsadlaridan biri kosmik sanoatini rivojlantirish ekanligini aytdi. Amalga oshiriladigan loyihalarni sanab o'tgan vazir, "Biz sun'iy yo'ldosh ishlab chiqarishda qo’lga kiritgan tajribalarimizni yangi loyihalar bilan boyitamiz. Anqarada Kosmik texnologiyalarni rivojlantirish zonasini tashkil qilamiz. Bu bilan global loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lamiz”,-dedi.

Star gazetasi: “Gezeravjining kosmik sayohati butun dunyoda o’z aksinitopdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kosmosga parvoz qilgan uchinchi qozoq va dunyoning 545-kosmonavti Aydin Ayimbetov, birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravjining koinotga parvozi haqida: “Turkiyaning xalqaro koinot sayohatiga qo'shilishi mamlakatning kosmik dasturi kelajakda  rivojlanadi demakdir”,- dedi. “Biz Turkiya bilan hamkorlik qilishga tayyormiz”,-deydi Ayimbetov.

Xabar turk gazetasi: “Bayden ma'muriyatidan Kongressga "F-16" maktubi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Amerika Qo'shma Shtatlarida prezident Jo Bayden ma'muriyati Kongress a'zolariga maktub yo'llab, Turkiyaga 20 milliard dollar qiymatidagi “Lockheed Martin F-16” qiruvchi samolyotlari va modernizatsiya to'plamlarining sotilishini ma'qullashga chaqirdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar