Matbuot sharhlari 19.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2090799
Matbuot sharhlari 19.01.2024

 

Star gazetasi: “Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravjining fazoga sayohati boshlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, SpaceX kompaniyasining kosmik kemasi, jumladan Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravji Floridadagi Kennedi kosmik markazidan muvaffaqiyatli parvoz qildi.

 

Vatan gazetasi: “Mahalliy kosmik kema qurib, kosmodrom tashkil qilamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, "Umid qilamanki, kelajakda mahalliy kosmik kemamiz bilan uchuvchisiz kosmik missiyasini amalga oshiramiz. Milliy raketa tizimlarimiz bilan koinotga parvoz qobiliyatimizni oshiramiz va o'zimizning kosmodromimizni quramiz" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an: Terroriston loyihasini yo’q qildik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda hech qachon orqaga qaytmasligini aytdi.

“Tashqi kuchlar terroristlarni tayyorlab, chegaralarimiz bo‘ylab “terroriston” tuzishni ko’zladilar. Biz ularning bu rejasini buzganimiz uchun mamlakatimizga zarar berishga harakat qildilar. Ular hech qachon bizni orqaga qadam tashlashga majbur qila olmaydı. Bizni hech qachon yo'limizdan qaytara olmaydı”,- deydi Erdo’g’an.

 

Yeni shafak gazetasi: “Isroilning xavfsizligi tahdid ostida emas” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Isroilning xavfsizlik nuqtai nazaridan Falastinga qarshi hujumlarini qonuniylashtirishga harakat qilishi hech qachon qabul qilinishi mumkin emasligini ifoda etib, “Xavfsizligi tahdid ostida bo'lgan Isroil emas, aksincha, Falastin va mintaqa xalqidir",-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya Iroq, Eron va Pokistonni murosaga chaqirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi, Eronning Iroq va Pokiston hududiga hujumlari bilan bogʻliq vaziyatning kuchayib borayotganidan xavotirda ekanini bildirib, uchala doʻst va qardosh davlatlarni o’zaro murosaga va sokinlikka chaqirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar