Matbuot sharhlari 18.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2090344
Matbuot sharhlari 18.01.2024

                                 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an dunyo kun tartibidan joy oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Vazirlar Mahkamasi yig’ilishi yakunlari bo’yicha bergan bayonot jahon kun tartibidan joy oldi.

Xalqaro agentliklar "Turkiya terrorizmga qarshi kurashda qat'iy!" sarlavhasi bilan bergan xabarida, Erdo’g’anning “Yo biz bilan birgasiz, yo bizning duchmanimizsiz” degan so’zlariga urg’u berdi.

 

Star gazetasi: “Turkiyaning kosmik sayohati bir kunga qoldirildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravjining fazoga parvozi bir kunga qoldirildi. SpaceX tomonidan berilgan bayonotda, Ax-3 missiyasining fazoga uchirilishdan oldingi yakuniy tekshiruvlar yakunlanish arafasida ekani ma’lum qilindi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Putin oylar o’tgach, e’tirof etdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina va Rossiya o'rtasidagi urush davom etar ekan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlikka erisha olmagani uchun Kiyevni javobgar deb hisobladi. Istanbuldagi muzokaralarga diqqat qaratgan Putin, Ukrainaning muzokara stolini tark etganini va "Istanbulda har mavzuda kelishib olgandik. Turkiya bizni yarashtirgandi”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Kirish vizasi butun yil davomida amal qiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada muzokara o'tkazgan Gretsiya Turizm Vaziri Olga Kefaloyannis, Gretsiyaning 10 oroli uchun rejalashtirilishi e'lon qilingan kirish vizasi mart oyidan boshlanib, yil davomida amalda bo’lishini aytdi.

 

Vatan gazetasi: “Safranbolu za'faroni ro’yxatga olindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Komissiyasi qoshidagi Qishloq xo'jaligi va qishloq taraqqiyoti Bosh boshqarmasi geografik ko'rsatkichlar direktori Diego Kanga Fano, Safranbolu za'faronini geografik ko'rsatkich olish uchun ma'qullaganliklarini e'lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar