Matbuot sharhlari 16.01.2024

Yenishafak "ANKA-3 nemislarni hayratda qoldirdi" Oxirgi haftalarda ilk parvozini amalga oshirgan ANKA-3 uchuvchisiz jangovar samolyoti haqida nemis matbuotida e'tiborga molik bir tahlil chiqdi.

2089075
Matbuot sharhlari 16.01.2024

 

Sabah "Terror tashkiloti PKKga og'ir zarba"

Bu haqda 12-yanvar kuni Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler ma’lum qildi.

  Panja-qulf operatsiyasi hududida 9 nafar askarning shahid bo'lishi ortidan Iroq va Suriyaning shimolida amalga oshirilgan operatsiyalarda  bo'lginchi terror tashkiloti va ular javobgar terrorchilarni o'z ichiga olgan g'orlar, bunkerlar, boshpana va neft inshootlaridan iborat 78 ta nishon bilan 77 nafar terrorist  yo’q qilindi deya  ma'lum qilindi.

Yenishafak "ANKA-3 nemislarni hayratda qoldirdi"

Oxirgi haftalarda ilk parvozini amalga oshirgan ANKA-3 uchuvchisiz jangovar samolyoti haqida nemis matbuotida e'tiborga molik bir tahlil chiqdi.

Germaniyaning FAZ gazetasi, G'arbning qurol eksport qilish taqiqlari ta'sirida Turkiyaning uchuvchisiz havo vositasi kuchiga aylanganini va endi uni to'xtatib bo'lmaydigan holatga kelganini yozdi.

Star "Turkiya rivojlantirdi, dunyo model qildi"

Turkiya o'zi ishlab chiqqan Uyushgan Sanoat Hududlarini (USH) dunyoga eksport qila boshladi.

Turklar;  Misr, Ukraina, Iroq, Bolgariya, Liviya va Ruminiya kabi 10 dan ortiq mamlakatlarda USHni  quradi va boshqaradi.

Milliardlab dollarlik eksport amalga oshirilgan yangi USHning soʻnggi manzili Oʻzbekiston boʻldi.

Haberturk "Har 15 soniyada bir samolyot Turkiya havo hududidan o'tdi"

Turkiya havo hududida o'tgan yili tranzit yo'l o'tkazgichlar bilan birga parvozlar soni o'tgan yilga nisbatan 14,9 foiz ortib, 2 million 167 ming 19 taga yetdi.

Bu davr mobaynida Turkiya osmonidan taxminan har 15 soniyada bir samolyot o'tdi.

Hurriyet "Ayasofyadagi yangi dastur boshlandi"

Ayasofya masjididagi yangi tartibga solish 15 yanvar kuni boshlangan.

Tarixiy masjidni madaniy maqsadlarda ziyorat qilishni xohlovchi xorijlik sayyohlar uchun kirish narxi 25 yevro.

Nizom masjidga ibodat qilish uchun tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarini qamrab olmaydi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar