Matbuot sharhlari 12.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2087804
Matbuot sharhlari 12.01.2024

                                 

Star gazetasi: “Vazir Gulerdan Montroga urg'u” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya, Ruminiya va Bolgariya tashabbusi bilan amalga oshirilgan uch tomonlama tashabbus doirasida Qora dengizni minalardan tozalash bo'yicha memorandum imzolandi. Shu munosabat bilan o’tkazilgan marosimda so’zga chiqqan Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, “Biz mintaqaviy va global xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni o’rnatish uchun harakat qilamiz. Montrö bo‘g‘ozlari konventsiyasini ehtiyotkorlik bilan, mas’uliyatli va xolislik bilan amalga oshirdik”, dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Gretsiya orollari uchun viza qulayligi mart oyida boshlanadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis, Prezident Erdog'an bilan 3 marta uchrashganidan so'ng, ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ancha optimistik ekanligini ma'lum qildi va turk fuqarolarining Gretsiya orollariga vizasiz borishiga ruxsat beruvchi kelishuv mart oyida kuchga kirishini ma'lum qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Bozdo'g'an va Go'kdo'g'an raketalarining sinov bosqichi yakunlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Prezident huzuridagi Mudofaa Sanoati boshqarmasi rahbari Haluk Go'rgun, Bozdo'g'an va Go'kdo'g'an raketalarining dizayn bo’yicha sinovlari yakunlanganini ma'lum qilib, "Raketalarimiz navbatdagi sinov bosqichlariga tayyor" dedi.

 

Sabah gazetasi: “TOGGning yangi modeli “CES 2024” yarmarkazida yuqori baholandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, TOGGning yangi modeli AQShda bo'lib o'tgan “CES 2024” yarmarkazida taqdim etildi. Jahon sahnasiga qadam bosgan “T10F” modeli olqishlarga sazovor bo'ldi. Elektromıobil vositalari haqida kontent ishlab chiqaruvchi amerikalik Kimberli Javaheri "Dizayn ajoyib, juda chiroyli va umuman olganda, men juda ta'sirlandim" dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Dunyodagi eng yaxshi 20 ta sho'rva tanlandi: Ro’yxatda Turkiya ham bor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  CNN Travel dunyodagi eng yaxshi 20 sho’rva ro'yxatini tuzdi. Turk oshxonasidan "Yayla sho'rva" ko'plab mamlakatlarning mazali sho’rvalari ro'yxatidan joy oldi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar