Matbuot sharhlari 11.01.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2087451
Matbuot sharhlari 11.01.2024

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: “Isroil hayron ammo bu ilk qadam”. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Milliy razvedka tashkilotiga asos solinishining 97 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda bayonot berdi. Milliy razvedka tashkilotining Mossadga qarshi uyushtirgan amaliyotini baholagan Erdo‘g‘an, “Isroilning yurtimizdagi josuslik tarmog‘ini aniqlagan tashkilotimiz, bizni tahdid qilganlarga ochiq – oydin javob berdi. Isroil hayron ammo bu ilk qadam. Turkiyani tanishga mahkumsiz”. – dedi.

Star gazetasi: MRT rahbari: Tashkil topishini e’lon qilishdan xursandmiz. Kecha Milliy razvedka tashkilotiga asos solinishining 97 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda nutq so‘zlagan MRT rahbari Ibrahim Kalin, “Turkiyaning razvedka nazariyasi boʻyicha oʻz fikrini bildirishi maqsadida Milliy razvedka akademiyasi tashkil etilganini eʼlon qilishdan xursandman”. – dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Hakan Fidan Tojikistonda muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan rasmiy tashrif doirasida kecha Tojikistonga borib, u yerda Prezident Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Hakan Fidan Tojikiston Tashqi Ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan ham uchrashib, ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Haber Türk gazetasi: O‘tgan2023 – yili Turkiya 151,6 milyon dollarlik yeryong‘oq eksport qildi. Turkiya 2023 - yili dunyoning 96 davlatiga yeryong‘oq eksport qildi va undan 151 million 568 ming dollar daromad oldi. Turkiya eng ko‘p yeryomg‘oq eksport qilgan davlat Germaniya bo‘ldi. Turkiya Germaniyaga 36 million 9 ming dollarlik yeryong‘oq sotdi. Germaniyadan keyin eng ko‘p Italiya (22 million 460 ming dollar) va Iroqqa (12 million 628) yeryong‘oq sotildi.

Sabah gazetasi: AKSUNGUR insonsiz havo vositasidan xush xabar. Mahalliy va milliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan AKSUNGUR insonsiz havo vositasidan xush xabar keldi. Katta muvaffaqiyatga imzo chekkan ASUNGUR insonsiz havo vositasi milliy dvigateli TEI - PD170 bilan 41 soatlik uchish amalga oshirdi.

 

 



Aloqador xabarlar