Matbuot sharhlari 10.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2086836
Matbuot sharhlari 10.01.2024

                                 

Hurriyat gazetasi: “TIV rahbari Hakan Fidandan muhim bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar batafsil muhokama qilindi, mintaqaviy o‘zgarishlar va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. Hakan Fidanning fikricha, G'arbning G'azodagi qirg'inni qo'llab-quvvatlashi dunyo xavfsizligi uchun katta xavf tug'diradi.

 

Sabah gazetasi: “Oxirgi terrorist yo’q qilinmagunicha to’xtamaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya kecha terrorizmga qarshi kurash haqida muhim bayonot berib, "Mamlakatimizda terrorizm haqida gap bo’lishi mumkin emas. Davlatimiz oʻz xalqi bilan bir butun boʻldi. Terror tahdidi qayerdan paydo bo’lsa, uni o’sha joyning o’zida yo’q qilamiz. Bizning asosiy maqsadimiz oxirgi terroristni yo’q qilmagunimizcha kurashimizni davom ettirish",-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Antaliyada sayyohlar soni 16 milliondan oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 2023 yilda Antaliyaga kelgan chet ellik sayyohlar soni 16 million 84 ming 737 nafarni tashkil qildi. Antaliya turizmi o’z tarixida birinchi marta 16 millionlik marrani oshib o’tdi.

 

Vatan gazetasi: “2023-yilda Turkiyadan 408 million dollarlik o‘rik qoqi eksport qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya 2023yilda 70 ming 869 tonna o’rik qoqi eksport qilib, undan 408 million 74 ming dollar daromad oldi.

 

Star gazetasi: “TOGGning yangi modeli taqdim etildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya birinchi milliy elektromobili TOGG AQShning Las-Vegas shahrida boshlangan dunyodagi eng yirik maishiy elektronika yarmarkasi “CES 2024” da o'z o'rnini egalladi. TOGG brendi yarmarkada ikkinchi aqlli qurilmasi “T10F” modelini taqdim etdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar