Matbuot sharhlari 05.01.2024

Hurriyet gazetasi: Iroq va Suriya shimolida o’tgan haftada 36 terrorist o'ldiriidi. Milliy Mudofaa vazirligi terrorizmga qarshi kurashda qat'iylik haqida xabar berdi.

2084605
Matbuot sharhlari 05.01.2024

 

Hurriyet gazetasi: Iroq va Suriya shimolida o’tgan haftada 36 terrorist

Milliy Mudofaa vazirligi terrorizmga qarshi kurashda qat'iylik haqida xabar berdi,

“Terrorchilar, ularni kutayotgan  oqibatdan  qochib qutula olmaydilar.

Iroq va Suriya shimolida oxirgi bir haftada 36 nafar terrorist  yo’q qilindi.

Star: MIT 200 kilometr masofani urdi

Milliy Razvedka Tashkiloti (MIT) Turkiyaga qarshi harakat rejasini tuzganligi aniqlangan PKK/KJK terroristi Sadiq Shayh Ahmetni aniqladi.

U Iroqning Sulaymoniya shahrida Turkiya chegarasidan taxminan 200 kilometr uzoqlikda yo’q qilindi.

Sabah: Vazir Uralo'g'lu e'lon qildi: Yo'lovchi sig'imi 82 millionga ko'tarildi

Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Urao’g'lu,

Antaliyaning dunyoning muhim turizm markazlaridan biri ekanligiga e'tibor qaratib, Antaliya aeroportini kengaytirish loyihasi doirasida yo'lovchi sig'imi 35 milliondan 82 millionga oshirishni maqsad qilganliklarini bildirdi.

Vatan: Kapadokiyada 4 million 826 ming mehmon bilan rekord o’rnatildi

Turkiyaning muhim turizm markazlaridan biri Kapadokiya hududida,

  2023-yilda 4 million 826 ming 622 mahalliy va xorijiy sayyoh bilan tashrif rekordi yangilandi.

Haber Turk: Alperen Shengun bo'roni

NBAda Houston Rockets jamoasida to'p surayotgan milliy basketbolchimiz Alperen Shengun o'z o'yini bilan kun tartibida iz qoldirishda davom etmoqda.

  Joriy mavsumda jami 32 ta o'yinda maydonga tushgan yosh yulduz statistikada jamoasining eng yuqori pog'onasida bo'ldi va NBAda ko'plab yulduzlarni ortda qoldirdi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazatalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar