Matbuot sharhlari 04.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2084220
Matbuot sharhlari 04.01.2024

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an Eronga hamdardlik bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eronning Kirmon viloyatida sodir etilgan dahshatli terror hujumlaridan chuqur qayg’uda ekanligini bildirdi. Erdo‘g‘an, “Do‘st va qardosh Eron xalqiga hamdardlik bildiraman” dedi.

 

Star gazetasi: “Erdo’g’an Raisiy bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog’ida Raisiyning Turkiyaga tashrifini  keyinga qoldirishga qaror qilindi.

 

Sabah gazetasi: “Hakan Fidandan İsroilga ogohlantirish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, isroilliklar urushni Livanga yoyishni xohlayotgani haqida ogohlantirdi. “Bu yo‘l (Isroil-Livan urushi) boshi berk ko‘chadir. Agar shunga o'xshash narsa bo'lsa, bu urush, albatta, tugamaydi. Aksincha, agar muammo hal boʻladigan boʻlsa, biz asosiy eʼtiborni tinchlik va ikki davlat yechimiga qaratishimiz kerak”,-deydi Turkiya TIV rahbari.

 

Hurriyat gazetasi: “Turk Qizil yarim oy jamiyatining gumanitar yordam ortilgan ikkinchi kemasi G'azoga yetib keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan yuborilgan ikkinchi gumanitar yordam kemasi G'azoga yetib keldi. Kemadagi 107 tonna gumanitar yordam mahsuloti 147 ta yuk mashinasiga yuklanib, G’azo xalqiga yetkazib berildi. Gumanitar yordamlar tarkibida chodir, ko’rpa-to'shak, oziq-ovqat va gigiena ashyolari kabi turli-xil mahsulotlar o’rinolgan.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turk pudratchilarining ustun muvaffaqiyati” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning xalqaro pudratchilik sektori 2023 yilni qiymati 27,4 milliard dollarlik katta loyiha bilan yakunladi. 135 mamlakatda amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 501 milliard 900 million dollarga teng. Ispaniyadagi "Barselona" klubining stadionni qayta ta'mirlash loyihasi xorijdagi eng yirik loyihalardan biri bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar