Matbuot sharhlari 02.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2082935
Matbuot sharhlari 02.01.2024

                                

Yeni shafak gazetasi: “Galata ko'prigida tarixiy uchrashuv” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbul yangi yilning birinchi kunida tarixdagi eng katta uchrashuvlardan biriga guvoh bo'ldi. 308 nohukumat tashkiloti “Panja qulf” amaliyoti hududida shahid bo’lgan askarlarni xotirlash, Isroil tomonidan zulmga uchragan Falastinni qo’llab-quvvatlash, terrorizmni qoralash maqsadida namoyish o’tkazdi. Ayasofya, Sultonahmet, Sulaymoniya va Eminonu jome’-masjidlarida bomdod namoziga to'plangan yuz minglab kishi Galata ko'prigi tomon yurdi. Namoyishda PKK terror tashkiloti va Isroil zulmi qoralandi.

 

Vatan gazetasi: “Bayraktar: Shirnakda 2024 yilda ko’zlangan maqsad ishlab chiqarishni 100 ming barrelga chiqarish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar Shirnak viloyatida Respublika tarixidagi eng katta kashfiyot amalga oshirilganligini, u yerda neft ishlab chiqarish 30 ming barrelga oshirilganligini ma'lum qildi.

" 3 oy ichida Shirnak Turkiyada eng koʻp neft ishlab chiqariladigan viloyatga aylanadi. Shirnak 2024-yilda 100 ming barrel ishlab chiqarish maqsadiga erishsa, Turkiyaning eng yaxshi viloyati boʻladi” dedi Alparslan Bayraktar.

 

Hurriyat gazetasi: “TOGG 81 viloyatga yetib bordi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning birinchi mahalliy elektromobili TOGG ning T10X modeli dekabr oyida yana 6 mingdan ortiq xaridorga yetkazib berildi. Natijada shu kungacha TOGG elektromobili 81 viloyatga yetib bordi. Eng so'nggi yetkazib berishlar bilan jami 19 ming 583 foydalanuvchi o'z elektromobilini qabul qilib oldi.

 

Xabar turk gazetasi: “Antaliyada dekabr oyining sayyohlik rekordi yangilandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, turizmda faol bir yilni ortda qoldirgan Antaliya, dekabr oyida havo yo'li bilan kelgan sayyohlar soni bo'yicha rekord ko’rsatgichga erishdi. Yangi yil haftasida Antaliyaga kelgan chet ellik mehmon soni 121 ming 139 nafarni tashkil qildi.

 

Sabah gazetasi: “2023 yilning eng yaxshi 100 nafar futbolchisi e'lon qilindi. Milliy yulduz bizni g'ururlantirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “FourFourTwo” jurnali e'lon qilgan ro'yxatga ko'ra, 2023 yilning eng yaxshi 100 nafar futbolchisi e'lon qilindi. Ro‘yxatga turk futbolchilar Hakan Chalhanog‘lu va İlkay Gyundo‘g‘on ham kiritildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar