Matbuot sharhlari 27.12.2023

Star: "Milliy jangovar samolyot KAANda ortga hisoblash boshladi"KAAN milliy jangovar samolyotining barcha sinovlari oʻtkazildi.

2081143
Matbuot sharhlari 27.12.2023

Star: "Milliy jangovar samolyot KAANda ortga hisoblash boshladi"KAAN milliy jangovar samolyotining barcha sinovlari oʻtkazildi.Yer sinovlari va taksi sinovlari tugagandan so'ng, KAAN bir necha hafta ichida birinchi parvozini amalga oshirishi kutilmoqda.

Sabah gazetasi: “Sharqiy Qoradengizda neft hayajoniSharqiy Qoradengizda dengiz yuzasiga oqayotgan suyuqlikning neft ekanligi aniqlangach, tadqiqotlar tezlashdi.Barbaros Hayrettin Pasha seysmik tadqiqot kemasining neft ekspeditsiyasini amalga oshirishi uchun ortga hisoblash boshlandi. Kema Rizening Chayeli tumani qirg‘oqlari tomon suzib ketishi kutilmoqda.

Hurriyet: “Turkiyadagi milliy daromad  jon boshiga 12 ming 500 dollarga ko'tariladi”Savdo vaziri O'mer Bo’lat, Gaziantepdagi 'Eksport safarbarlik sammiti' dasturida ishtirok etdi. Vazir Bo’lat iqtisodiyotdagi o'sishni ta'kidladi, “2023 yilni 1 trillion dollardan ortiq milliy daromad bilan yakunlaymiz. Aholi jon boshiga milliy daromadimiz 12 ming 500 dollarga oshadi.

Vatan: “Sabiha Go’kchen aeroportining 2- uchish-qoʻnish yoʻlagidan birinchi tijorat parvozi”Prezident Rejep Tayyip Erdog'an tomonidan ochilgan Istanbul Sabiha Go'kchen aeroportining 2-uchish-qo'nish yo'lagidan birinchi tijoriy parvoz amalga oshirildi.

Pegasus Airlines kompaniyasining Helsinkiga uchgan Boeing 737-800 tipidagi samolyoti Sabiha Go’kchen aeroportidan havoga ko'tarildi.

Yeni Shafak: “Turkiya mudofaa sanoati qozoq armiyasini kuchaytiradi”Kun sayin kuchayib borayotgan Turkiya mudofaa sanoati xorijdagi ta'sirini tobora oshirmoqda.Turkiya mudofaa sanoati doirasida ishlab chiqilgan mahalliy uchuvchisiz havo vositasi ANKA-Sning harbiy sinovlari Qozog'iston armiyasi flotiga kiritila boshlandi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar