Matbuot sharhlari 25.12.2023

Haber Turk gazetasi: Prezident Erdo’g’andan shahid askarlar uchun ta’ziya maktubi Prezident Erdo’g’an, Iroqning shimolidagi “Panja-qulf” operatsiyasi doirasidagi to’qnashuvda shahid bo’lgan askarlarga ta’ziya maktubini tarqatdi.

2080320
Matbuot sharhlari 25.12.2023

 

Haber Turk gazetasi: Prezident Erdo’g’andan shahid askarlar uchun ta’ziya maktubi

Prezident Erdo’g’an, Iroqning shimolidagi “Panja-qulf” operatsiyasi doirasidagi to’qnashuvda shahid bo’lgan askarlarga ta’ziya maktubini tarqatdi.

  Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan postida, "Bo’lginchi haromlar to'kkan qonlari uchun javobgardir o’chi olingan va olinmoqda" dedi.

“Terrorizmni manbasida yo’q qilish strategiyamizni oxirgi terrorchi yo’q qilinmaguncha qat’iyat bilan amalga oshirishni davom ettiramiz” dedi.

Hurriyet: MITdan spot operatsiya

Milliy razvedka tashkiloti (MİT) Suriyadagi bo'lginchi terror tashkiloti PKK/YPGning o'zini Ayn Al Arab  ma’suli  deb atagan "Baho’z Afrin" kodli terroristni yo’q qilindi.

Sabah: Milliy mudofaa vaziri Guler Iroq chegarasida

Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler kecha Iroq chegara chizig'iga bordi. Vazir Guler, bu erda qilgan bayonotida:

Panja-Kilit mintaqasida uyushtirilgan hujumlardan keyin  yo’q qilingan terroristlar sonining 30 nafarga etgani ma'lum qildi.

Star: 10 viloyatda "Qahramonlar-35" operatsiyasi

Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya,  bo’lginchi  terror tashkilotiga mansub terroristlarning qish oylarida qishloq joylarda harakat qilish maqsadida turli qurollarni g'or va boshpanalarga yashirganliklarini bildirdi. O'q-dori va portlovchi moddalarni yo'q qilish maqsadida o'tkazilgan "Qahramonlar-35" amaliyotlarida 10 viloyatdagi 58 ta g'or va boshpana yo'q qilinganini ma'lum qildi.

Vatan: Istanbul aeroporti Yevropaning eng gavjum aeroportiga aylandi

Havo navigatsiyasi xavfsizligi bo‘yicha Yevropa tashkilotining (Eurocontrol) Yevropa aviatsiya hisobotiga ko‘ra,  Istanbul aeroporti 4-10 dekabr kunlari kuniga oʻrtacha 1296 reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroporti boʻldi. Istanbul aeroportidan keyin kuniga oʻrtacha 1286 reys bilan London Heathrow, 1251 reys bilan Amsterdam Schiphol va 1217 reys bilan Parij Sharl de Goll aeroporti joy oldi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar