Matbuot sharhlari 22.12.2023

Turkiya Respublikasi Markaziy bankining yalpi zaxiralaridagi o'sish davom etmoqda. Markaziy bankning jami zaxiralari 142,5 milliard dollarga yetdi. May oyining oxiridan beri zaxiralar 44,1 milliard dollarga oshgan.

2079552
Matbuot sharhlari 22.12.2023

 

 

Haber Turk: “Markaziy bank zaxiralarida yangi rekord”

Turkiya Respublikasi Markaziy bankining yalpi zaxiralaridagi o'sish davom etmoqda.

Markaziy bankning jami zaxiralari 142,5 milliard dollarga yetdi. May oyining oxiridan beri zaxiralar 44,1 milliard dollarga oshgan.

Yeni Shafak: “Turkiya elektr transport vositalari va akkumulyatorlar sohasida ishlab chiqarish bazasi bo’ladi”

Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir Xitoyning poytaxti Pekinda xitoylik kasbdoshlari bilan uchrashdi.

  Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlik, xususan, elektromobillar va akkumulyator sarmoyalari muhokama qilindi. Vazir Kajir,

“Biz Turkiyani elektr transport vositalari va akkumulyatorlar sohasida ishlab chiqarish bazasiga aylantirmoqchimiz dedi

Star: “Turkiya tashqi energiyaga qaramlikka barham beradi”

Birin-ketin tabiiy gaz va neft kashfiyotlarini amalga oshirgan Turkiya, Gabar mintaqasida rekord o'rnatmoqda.

  Turkiyaning Gabardagi neft ishlab chiqarishi 30 ming barreldan oshdi. Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar

“Yangi kashfiyotlar bilan Turkiyaning bu sohadagi tashqi qaramligiga barham beramiz.

Sabah: “Turkiya logistika sohasida ustun davlat”

Prezidentlik Strategiya va byudjet bo'yicha vitse-prezidenti Kutluhan Tashkin, Turkiyaning logistika nuqtai nazaridan katta imkoniyatlarga ega geografiya ekanligini ta'kidladi.

  “Mamlakatimiz jami 1,4 milliard aholiga ega 67 davlatdan 4 soatlik parvoz yoʻlida boʻlib, bu davlatlarning milliy daromadi jami 40 trillion dollarga yetdi.

“Biz logistika nuqtai nazaridan katta imkoniyatlar mavjud geografiyadamiz.

Vatan: “THY Bosh direktori Ekshi Braziliya davlat ordeni bilan taqdirlandi”

Turkiya va Braziliya oʻrtasidagi savdo va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi va pandemiya davridagi fidoyi faoliyati uchun.

  Turk Havo Yo'llari (THY) bosh direktori Bilal Ekshi Braziliya Davlat medali bilan taqdirlandi.

  Ekshi, "Bu majburiyat pandemiya davrida, hamma tashqariga chiqishdan qo'rqqan bir muhitda o'z vazifalarini jarrohlik xalatlari bilan bajargan jamoalarimiz tufaylidir.

  "Men buni 80 mingdan ortiq hamkasblarim va bir xil kuch bilan ishlaydigan manfaatdor tomonlar nomidan qabul qilaman", dedi u.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Sharhlari , #Turk matbuot

Aloqador xabarlar