Matbuot sharhlari 21.12.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2079262
Matbuot sharhlari 21.12.2023

Vatan gazetasi: Erdogan: «Insoniyat uchun sharmandali holatdir». Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Madaniyat va san’at buyuk mukofotlarini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida, Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan qatliomlarga munosabat bildirdi va bu haqida: «Hamma u yerda nimalar bo‘layotganini biladi. Dunyoning ana shuncha mashhur davlati yetakchilari Isroilning qatliom va o‘g‘irlik asosida qo‘l urayotgan hujumlari oldida jimjirt turishi, insonlik uchun sharmandali holatdir». – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Garovga olingan isroillik birining qarindoshi Prezident Erdogandan turk tilida yordam so‘radi. Joriy yilning 7 - oktabri kuni nevarasi Xamas tomonidan o‘g‘irlab ketilgan isroillik Stella Sambrano, Turkiyadan yordam so‘radi. Istanbulda tug‘ilgani va har yili bir necha marotaba Istanbulga kelgani haqida gapirgan Sambrano, «Biz Istanbulni, (Prezident) Erdo‘g‘anni yaxshi ko‘ramiz. Undan iltimos qilaman, bir buvi uchun uning bolalarini qaytarib bersinlar. Undan judayam iltimos qilaman». – dedi.

Yenişafak gazetasi: Dunyo matbuoti Prezident Erdoganning AQShga qarshi tutgan pozitsiyasi haqida gapirmoqda. Prezident Erdo‘g‘aning Vengriyadan qaytar chog‘ida Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish masalasida ayniqsa AQSh haqida gapirishi, dunyo matbuotida keng o‘rin oldi. Gazetalar, a’zolikni kechiktirish ishlari davom etayotgani va Prezident Erdo‘g‘anning F – 16 sharti qo‘yganini iddio etdi.

Star gazetasi: Turkiyaning yirik loyihasi yana yuqori baholandi. AQShda chop etilgan Engineering News - Record (ENR) jurnali tomonidan «Project Of The Year/Yil loyihasi» sifatida tanlangan yirik loyihalardan biri bo‘lgan «1915 Chanoqqal’a ko‘prigi» mukofoti onlayn tarzda uyushtirilgan marosim orqali rasmiylarga topshirildi.

Sabah: “Dunyoning eng mazali shirinliklari royxatining ikkinchi qatorida turk shirinligi o‘rin oldi. Dunyoning eng mazali sutli shirinliklari ro‘yxati e’lon qilindi. Uning ikkinchi qatorida Turkiya nomidan «fırın sütlaç» (duxovkada pishirilgan guruch pudingi) o‘rin oldi.



Aloqador xabarlar