Matbuot sharhlari 14.12.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2076589
Matbuot sharhlari 14.12.2023

Yeni Şafak gazetasi: G‘azo uchun diplomatik safarbarlik. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, G‘azoda to‘kilgan qonni to‘xtatish maqsadida urush boshlaganidan beri yuzma – yuz 30, telefon orqali 32 uchrashuv amalga oshirdi. Erdo‘g‘an: “To‘kilgan qonni to‘xtatishga urinmoqdamiz. G‘azoga bo‘lgan munosabatimiz ochiq – oydin o‘rtada”. – dedi.

Haber Türk gazetasi: Kurtulmush G‘azo masalasiga e’tibor qaratdi. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Isroilning falastinliklarga qarshi qo‘l urgan oxirgi qatliomiga oid tasvirlarga e’tibor qaratdi va uni, “insoniyat uchun uyatli holat” deb baholadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida G‘azoda otashkesim yo‘lga qo‘yilishi haqidagi taklifni Amerika Qo‘shma Shtatlari boshchiligidagi 10 davlatning qabul qilmaganini yodga solgan Kurtulmush, “Dunyo, Isroilni qo‘llab – quvvatlagan 10 davlatdan buyukdir va bir kunmas bir kun mutlaqo bunga javob beradilar”. – dedi.

Star gazetasi: Turkiya G‘azoda o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi. Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Yasin Ekrem Serim, Isroil tomonidan minglab tinch aholi o‘ldirilgan G‘azoda zudlik bilan butunlay otashkesimga ehtiyoj borligini ta’kidladi. Ekrem Serim Falastin xalqi huquqini himoya qilish, adolatli ravishda butunlay tinchlikni o‘rnatishga kafil bo‘luvchi mexanizm tashkil etilishi kerakligi va buning uchun Turkiya mas’uliyat olishga tayyorligini bildirdi.

Hürriyet gazetasi: Yevropa ittifoqi: Turkiya muhim sherikdir. Yevropa ittifoqining bugungi sammiti oldidan Umumiy ishlar kengashi, hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Qabul qilingan qarorda, Turkiyaning ittifoq tarkibiga kirishga nomzod davlat ekani ifoda etilib, ko‘plab manfaat sohasida muhim sherik bo‘lishni davom etgani ma’lum qilindi.

Sabah gazetasi: Ingliz va nemis ta’omlari turk o‘choqlarida pishmoqda. Joriy yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar Turkiyada ishlab chiqarilgan o‘rnatilgan gaz plitalari eksporti 340 million 626 ming dollar, elektrik plitalar esa 255 million 878 ming dollar daromad olib keldi. Eksport qilingan qariyb har bir 5 elektrik plitalardan biri esa Buyuk Britaniya bilan Germaniyaga yuborildi.

 



Aloqador xabarlar