Matbuot sharhlari 08.12.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2074230
Matbuot sharhlari 08.12.2023

 

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an: Turkiya-Gretsiya sifatida dunyoga o’rnak bo’lishni xohlaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis bilan o'tkazgan qo’shma matbuot anjumanida, "Biz Egey mintaqasini tinchlik va hamkorlik dengiziga aylantirmoqchimiz. Turkiya va Gretsiya sifatida birgalikda qadamlar tashlaymiz. O'rtamizda hal qilib bo'lmaydigan muammo yo'q",-dedi.

 

Star gazetasi: “Erdo’g'andan Mitsotakisga ogohlantirish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an, Gretsiya tomonidan yopilgan “Lavrion” lageri haqida, “Lavrion lagerining yopilishini ayniqsa mamnuniyat bilan qabul qildik. Men Gretsiyada terrorchilarga boshpana beradigan shunga o'xshash lagerlar tashkil etilishini oldini olish uchun ehtiyot bo'lish kerakligini ta'kidladim”,- dedi.

 

Sabah gazetasi: “Fahrettin Koja G'azodagi ko’chma shifoxona haqida bayonot berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja, G'azoda joyida tibbiy xizmat ko'rsatishni maqsad qilganligini ta'kidlab, G'azodagi uchta aholi punkti infratuzilma nuqtai nazaridan shifoxona qurish uchun mos emasligini aytdi.

Refah chegara darvozasiga yaqinroq bo'lgan to'rtinchi aholi punkti uchun yana texnik-iqtisodiy tadqiqotlar o'tkazilgan. To'rtinchi nuqtani ko’chma shifoxona uchun mos deb topganini ifoda etgan Koja, Isroil va Misr sog'liqni saqlash vazirlari bilan bu mavzuda kelishib olganligini aytdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiyaning 11 oylik hamsi eksporti 20 foizga oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadan yanvar-noyabr oylarida hamsi eksporti 20 foiz ortib 12 million 202 ming 980 dollarga yetdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Ezine pishloqi Yevropa Ittifoqida ro'yxatdan o'tdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, Chanoqqal'aning ko'zga ko'ringan lazzatlaridan biri bo'lgan Ezine pishloqi Yevropa Ittifoqi ro'yxatidan o'tganini ma'lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar