Matbuot sharhlari 06.12.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2073201
Matbuot sharhlari 06.12.2023

                                  

Xabar turk gazetasi: “Erdo‘g‘an: Netanyahu butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar poytaxti Dohada bo’lib o’tgan Fors ko’rfazi hamkorlik kengashi sammitida so’zlagan nutqida, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu boshqaruvi hokimiyatda qolish uchun butun mintaqa xavfsizligi va kelajagini xavf ostiga qo’yganini aytdi.

 

​Hurriyat gazetasi: “Erdo‘g‘an: Isroil o‘z jinoyatlaridan qutulib qolmasligi kerak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Erdo’g’an Qatardagi sammitda so’zlagan nutqida, "Netanyaxu ma’muriyati insoniyatga qarshi qatliom va urush jinoyatlarini amalga oshirish orqali o‘zining siyosiy hayotini uzaytirmoqchi, lekin bu butun mintaqamizni xavf ostiga qo‘ymoqda. Uning bu jinoyatlari jazosiz qolmasligi kerak", dedi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyada an’anaviy zaytun yetishtirish madaniyati YUNESKOga kiritildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Turkiyadagi anʼanaviy zaytun yetishtirish madaniyati “YUNESKOning Shoshilinch muhofaza qilishni talab qiluvchi nomoddiy madaniy meros roʻyxati”ga kiritilganini maʼlum qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyadan neft bo’yicha tashabbus” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya, faol neft platformalari soni 66 taga ko'payishi bilan Yevropadagi eng qizg'in neft qidiruv ishlari olib borilgan davlatga aylandi. Joriy yilda neft sohasida 33 mahalliy va 10ta xorijiy sarmoyaga ega 43 kompaniya o'z qidiruv va qazib olish faoliyatini davom ettirmoqda. Joriy yilda 195 quduq ochilib, jami 418 ming kvadrat metr maydonda burg‘ulash ishlari amalga oshirildi.

 

Star gazetasi: “Togg AQSh Tesla kompaniyasini taxtdan tushirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, avtomobil sotish bo'yicha yillik rekord 1 milliondan oshar ekan, Togg noyabr oyida ham Tesla'dan o'zib ketdi. Noyabr oyida Turkiyaning mahalliy va milliy elektromobili Togg o'z egalariga 4401 ta avtomobil yetkazib bergan bo'lsa, AQShning Tesla kompaniyasi 900 ta mashina yetkazib berish bilan Toggdan ortda qoldi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar