Matbuot sharhlari 04.12.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2072141
Matbuot sharhlari 04.12.2023

                                  

Hurriyat gazetasi: “Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Isroil vazirining so’zlariga munosabat bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi O'nju Kecheli, Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koenning ijtimoiy tarmoqdagi so’zlariga munosabat bildirgan holda, "Bosqinchi bir davlatning tinch aholiga qarshi shafqatsiz hujumlarini hech qanday tarzda o'zini himoya qilish sifatida qabul qilib bo'lmaydi" dedi.

 

​Sabah gazetasi: “Isroil Falastindagi kasalxonani portlatdi, butun dunyo tomosha qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush o’z bayonotida Isroil zulmiga qarshi sukut saqlagan davlatlarga munosabat bildirib, “Isroil Falastindagi kasalxonani portlatdi. 30dan ortiq bolalar halok bo’ldi va buni butun dunyo tomosha qildi. İnsoniylik qani?”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Panja-Qulf operatsiyasi hududida SİHA dronlari” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Qurolli Kuchlari Iroq shimolidagi “Panja-qulf” operatsiyasi hududida aniqlangan 3 nafar PKK terroristini qurolli dronlar vositasida yo’q qildi.

 

Vatan gazetasi: “Tashqi savdoda yangi rekord” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat noyabr oyida tashqi savdo hajmi tarixdagi eng yuqori darajaga etganini ma'lum qildi. Vazir Bolat, noyabr oyida 23,01 milliard dollarlik eksport amalga oshirilganini ma'lum qildi.

 

Star gazetasi: “Maqsadimiz jahon chempioni bo'lish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Jahon Superbike Chempionatini 552 ball bilan 2-o'rinda yakunlagan milliy mototsiklchi Toprak Razgatliog'lu, yangi mavsumda shartnoma imzolagan jamoasi bilan yana jahon chempioni bo'lishni maqsad qilganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar