Matbuot sharhlari 01.12.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2071344
Matbuot sharhlari 01.12.2023

 

Xabar turk gazetasi: “Politico, Prezident Erdog'anni "2024-yilda Yevropaning eng qudratli odamlari" qatoriga kiritdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQShda faoliyat ko’rsatgan “Politico” nashriyoti o'zining "2024 yilgi Yevropaning eng kuchli yetakchilari" ro'yxatiga Yevropadan 28 ta vakilni 3 ta alohida toifada kiritdi. Ushbu nashriyot Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anni "kuchli vositachi" sifatida ushbu ro’yxatga kiritdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Vazir Tunchning terrorga qarshi kurash bo’yicha bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Adolat Vaziri Yilmaz Tunch, "Turkiya bundan keyin ham adliy hamkorlik bo’yicha xalqaro huquqdan kelib chiqqan holda majburiyatlariga to’la rioya qilishda davom etadi. “Biz ham terrorizmga qarshi kurashda hamkor davlatlardan ana shunday samimiylik va qat’iyatni kutib qolamiz" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Bolat: Turkiya eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat Turkiya iqtisodiyoti 2023 yilning uchinchi choragida yalpi ichki mahsulot 5,9 foizga o'sish bilan 13 chorakda uzluksiz yuqori o'sish ko'rsatkichini saqlab qolganini ma'lum qildi. “Turkiya G-20 va Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti davlatlari orasida uchinchi chorakda eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylandi” dedi.

 

Star gazetasi: “TOGGda nogironlar uchun maxsus jihoz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada ishlab chiqarilgan mahalliy TOGG elektromobilida nogironlar uchun qulayliklar yaratilmoqda. Nogironlar bundan buyon Togg uchun maxsus ishlab chiqarilgan va raqamli ravishda moslashtirilgan qurilmalar bilan yo'llarda qulay mashina haydash imkoniyatiga ega bo’ladi.

 

Sabah gazetasi: “Dunyoning eng yaxshi 50 nafar yosh iste'dodi e'lon qilindi! Ro‘yxatda Arda Guler ham bor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “Next Generation” sayti 2023-yilda dunyoning eng yaxshi 50 nafar yosh iste’dodini e’lon qildi. Mavsum boshida “Real Madrid”ga transfer qilingan turk milliy futbolchi Arda Guler ham “dunyoning eng yaxshi 50 nafar yosh iste’dodi” ro'yxatiga kiritildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar