Matbuot sharhlari 28. 11. 2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2069979
Matbuot sharhlari 28. 11. 2023

Star gazetasi: G‘azo uchun qizg‘in diplomatik faoliyatlar olib borilmoqda. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog‘ida, G‘azoda butunlay tinchlik o‘rnatish sa’y – harakatlari qo‘lga olindi.

Hürriyet gazetasi: Kurtulmush: Netanyahu va uning to‘dasi javobgarlikka tortilishi kerak. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Osiyo Parlament Assambleyasi (OPA) Ijroiya kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida, “G‘arb, G‘azodagi qatliom oldida ko‘r bo‘lish yo‘lini tanlamoqda. (Isroil Bosh vaziri Benyamin) Netanyahu va uning to‘dasi, xalqaro jinoiy sud oldida javob berishi kerak”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: NATO terrorizmga qarshi kurashda Turkiya bilan birgalikda harakat qilishiga e’tibor qaratdi. NATO Bosh kotibi Stoltenberg, Turkiya bilan PKK kabi terror tashkilotlariga qarshi kurashda o‘zini himoya qilishi uchun birgalikda harakat qilishlari kerakligini bildirib, “NATO hozir shunday yo‘l tutmoqda”. - dedi.

Sabah gazetasi: Rossiya bilan Turkiya tabiiy gaz markazi uchun yo‘l xaritasida kelishib oldi. Rossiya bilan Turkiya birgalikda rivojlantirmoqchi bo‘lgan energiya markazi uchun Frakiya tanlab olindi. 2024 - yili tamomlanishi rejalashtirilgan ushbu markaz orqali Turkiya, tabiiy gazda markaziy davlatga aylanadi.

Haber Türk gazetasi: Yirik texnologik kompaniyalar Turkiyaga investitsiya kiritmoqchi. Turkiya iqtisodiy sohada tashlagan shahdam qadamlari va siyosiy barqarorligi orqali xalqaro miqyosdagi to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyaning ham markaziga aylandi. Shunday ekan Alibabadan Amazonga, Huaweidan PepsiCoga qadar dunyoning yetakchi kompaniyalari yangi investitsiyalar uchun rejalar tuza boshladi. Shu doirada, joriy yilning 9 oyida Turkiyaga 93 ta yangi investitsiya loyihasi taqdim etildi.

 

 



Aloqador xabarlar