Matbuot sharhlari 27.11.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2069161
Matbuot sharhlari 27.11.2023


                                     

Yeni shafak gazetasi: “Hamas Erdo’g’anning sa’y-harakati tufayli 7 nafar taylandlikni ozod qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Hamas Isroil bilan mahbuslarni almashish kelishuvi doirasida 7 nafar tailandlik asirni ozod qildi. Hamas, Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'anning G'azoda doimiy tinchlikni ta'minlash borasidagi diplomatik sa'y-harakatlariga javoban garovga olingan 7 kishining ozod qilinganini e'lon qildi.

 

Star gazetasi: “Fransuz advokatdan Turkiyaga maqtov” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Xalqaro jinoiy sudda (ICC) falastinliklarni himoya qilgan fransuz advokat Gilles Devers, turk matbuoti tomonidan tasvirga olingan fotosuratlar Isroilning G'azoda oq fosfor bombalarini qo'llaganini isbotlashda katta rol o'ynaganini qayd etdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya va Vengriya o'rtasidagi savdo hajmi ortib bormoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir 2 kunlik tashrif bilan Vengriyada bo’ldi. Vazir Kajir, Turkiya bilan Vengriya o'rtasidagi savdo hajmi 4 milliard dollarga yaqinlashganini ma'lum qilib, "Prezidentlarimiz 6 milliard dollarlik savdo hajmiga erishishni maqsad qildi va biz bu maqsad sari peshqadamlik bilan harakat qilmoqdamiz" dedi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya amalga oshirdi, dunyo kuzatdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li, mamlakatda dunyoning havasini keltiradigan loyihalar amalga oshirilganini aytdi. Vazir Uralo’g’lu, “21 yil ichida 3 ming 844 ta yangi ko’prik qurdik, 405 ta yangi tunnel ochib, xalqimiz xizmatiga topshirdik” dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Ug'ur Shahin saratonga qarshi vaksina ijodi haqida e’lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk olim Ug'ur Shahin vaksinalar yordamida Covid-19 pandemiyasini ortda qoldirgan dunyo endilikda saratonga qarshi vaksina haqida umidvor ekanini aytdi. U shuningdek, saraton kasalligiga qarshi vaksinalari 2030 yilgacha tayyör bo’lishi mumkinligini aytdi

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar