Matbuot sharhlari 21.11.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2066837
Matbuot sharhlari 21.11.2023

Haber Türk gazetasi: Erdoʻgʻan: Isroilning yadro quroli tahdidining unutilishiga yoʻl qoʻymaymiz. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Iroqda yadroviy qurol izlaganlarning isroillik vazirlarning kameralar oldida qilgan atom bombasi e’tirofiga qarshi bir ogʻiz soʻz ayta olmaganlarning ibratli holat ekanini qayd etdi. Erdoʻgʻan, bugun Isroilga qarshi hech narsa deyolmaganlar, ertaga boshqalariga ham biron nima deya olmaydılar. Biz Isroilning yadro quroli tahdidining unutilishiga Turkiya sifatida yoʻl qoʻymaymiz”. – dedi.

Sabah gazetasi: Bingazi Bosh konsulligi ishga tushiriladi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Bengazidagi Bosh konsullik faoliyatini boshlashini ma’lum qildi. Hakan Fidan, “Liviyaning sharqi, gʻarbi va janubidagi barcha bilan muloqotimizni rivojlantirishda davom etamiz. Tez orada Bingazidagi Bosh konsulligimizni takror faollashtiramiz”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Gʻazodagi Turk fuqarolarining evakuatsiyasi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, hozirgacha 170 nafar Turkiya fuqarosi va ularning yaqinlari Gʻazodan olib chiqilganini ma’lum qildi. Fidan, Gʻazoda chorasiz qolgan 983 nafar Turk fuqarosi va ularning yaqinlari uchun kerakli faoliyatlarning davom etayotganini bildirdi.

Hürriyet gazetasi: Falastinlik bemorlarni tashigan samolyot Anqaraga keldi. Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarida tan jarohati olgan va saraton kasalligiga chalingan falastinliklar Turkiyada davolanmoqda. Misrning al - Arish aeroportidan, 61 nafar bemor bilan ularning 49 nafar hamrohini oʻz ichiga olgan samolyot Anqaraga qo‘ndi. Hozirgacha Falastindan Turkiyaga 88 nafar bemor olib kelindi.

Star gazetasi: Istanbul universiteti Isroilni qoʻllab – quvvatlashini bildirgan brendlarni rad etdi. Istanbul universiteti (IU), Gʻazoga boʻlgan hujumlarini davom ettirayotgan Isroilga har jihatdan yordam beruvchi shirkat, muassasa va brendlarni rad etishini bildirdi. IUning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mavzu haqida qoldirilgan postda, “Genotsidga qoʻl urish orqali inson huquqlarini oyoq osti qilgan bir davlatni, eng avvalo ilm – fan rad etadi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar