Matbuot sharhlari 11.10.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2049262
Matbuot sharhlari 11.10.2023

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an: “Yakuniy yechim mustaqil Falastin davlatidir!” Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroil va Xamas o‘rtasida tinchlik o‘rnatish uchun mintaqadagi aktyorlarni mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqirdi. Erdo‘g‘an: “Hozirda G‘azo shafqatsizlarcha bombalanmoqda. Yakuniy yechim poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishdir”.- dedi.

Star gazetasi: Kurtulmush: To‘qnashuvlar, falastinliklarni ko‘rmaslikka olgan tushunchaning natijasidir. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Isroil bilan Falastin guruhlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar haqida: “Bu toʻqnashuvlar 1948 - yildan beri davom etib kelayotgan, doimiy ravishda adolatsizlikdan oziqlangan, 1967 – yildan keyin anneksiya, ishg‘ol, yangi ko‘chmanchilar orqali falastinliklarni mensimagan yondashuvning ko‘rsatkichidir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Shimshek: “Turkiya kuchli iqtisodiyotdir”. G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, “Isroil - Falastin urushining Turkiyaga ta‘siri qanday bo‘lishi mumkin” degan savolga javob berdi va unda: “Turkiyaning salohiyati katta. Turkiyaning milliy daromadi jon boshiga 10 ming dollardan oshgan dunyoning 7 davlatidan biridir. Kuchli iqtisodiyot, shuning uchun ham qiziqish katta”, - dedi.



Aloqador xabarlar