Matbuot sharhlari 21.06.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2002375
Matbuot sharhlari 21.06.2023

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan: “Muhojirlarning oʻz ixtiyori bilan qaytishlarini qoʻllab-quvvatlaymiz”. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, “Har doim insoniylik va qoʻshnichilik burchini ado etgan Turkiya, muhojirlarning oʻz vatanlariga xavfsiz ravishda, oʻz ixtiyorlari bilan qaytishlarini qoʻllab-quvvatlab, buning uchun zarur loyihalarni amalga oshirmoqda”.- dedi.

Vatan gazetasi: Erdoʻgʻan Gʻarbning irqchilik muomalasiga munosabat bildirdi. Prezident Erdoʻgʻan Gʻarb davlatlarida ildiz otgach, zaharli pechak kabi boshqa jamiyatlarga ham yoyilgan va muhojirlarni nishonga olgan nafrat soʻzlari, neonatsist mafkurasi, islomofobiya va ksenofobiyani rad etganliklarini bildirdi.

Star gazetasi: Nemis terrorist “Thomas” yoʻq qilindi. Turk Qurolli kuchlari tomonidan oʻtgan hafta Iroq shimolida yoʻq qilingan PKK terror tashkiloti a’zolaridan birining, Germaniya fuqarosi ekani ma’lum boʻldi. Oʻldirilgan terroristning germaniyalik Tomas J ekani aniqlandi.

Sabah gazetasi: PKK bazasi Germaniyadir. Germaniya Konstitutsiyani himoya qilish federal tashkiloti (BfV) ma’lumotlariga koʻra, PKK terror tashkiloti, Germaniyada 14 ming 500 a’zosi bilan ekstremistik xorijiy tashkilotlar orasida birinchi oʻrinni egallashni davom etmoqda.

Yeni Şafak gazetasi: Arda Guler uchun sharaf. Italiyaning Tuttosport gazetasi tomonidan har yili 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar uchun tashkil etiladigan “Golden Boy” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi. Turkiyada Fenerbahche jamoasida toʻp tepgan 18 yoshli milliy futbolchi Arda Guler, Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy mukofotiga nomzod koʻrsatildi.



Aloqador xabarlar