Matbuot sharhlari 14.06.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1999526
Matbuot sharhlari 14.06.2023

Hurriyet gazetasi: Turkiyaning Naxchivan bilan boʻlgan aloqasi mustahkam tus oladi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan kecha Ozarbayjonda soʻzlagan nutqida Zangazur yoʻlagining Turkiya-Ozarbayjon aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Erdoʻgʻan, “Agar tezlik bilan Zangazur masalasini hal qilgudek boʻlsak unda bu orqali muhim ikki yutuqqa erishamiz. Ham avtomobil, ham temir yoʻli jihatidan tashlanuvchi qadamlar bilan Igʻdir-Nahchivan aloqalari kuchayadi”. - dedi.

Star gazetasi: Turkiya va Ozarbayjon bundan buyon ham tashqi siyosatda mushtarak pozitsiyani namoyon etadi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kechagi bayonotida, “Turkiya va Ozarbayjon bundan buyon ham tashqi siyosatda mushtarak pozitsiyani namoyon etadi. Tashqi siyosatdagi oʻrtoq faoliyatimiz mintaqa uchun ham katta ahamiyatga ega. Turkiya-Ozarbayjon birligi omili mintaqa taraqqiyoti, rivojlanishi, barqarorligi va xavfsizligi uchun alohida oʻringa ega”.-deya gapirdi.

Sabah gazetasi: Nemislar TOGG fabrikasiga lol qoldi. Turkiyaning mahalliy va milliy loyihasi TOGG, Bursaning Gemlik shahridagi Texnologiya kampusida nemis matbuot a’zolari tomonidan koʻzdan kechirildi. Jiddiy ishlab chiqarish obyekti sifatida faoliyat yuritayotgan Gemlik obyekti, nemislarni lol qoldirdi.

Yeni Şafak gazetasi: THY bilan Emirates oʻrtasida texnik xizmat boʻyicha shartnoma imzolandi. Turk Havo yoʻllari (THY) Teknik Anonim shirkati, Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyasi Emirates bilan 17 ta Boeing 777 rusumidagi samolyotga bazaviy texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma imzoladi.

Haber Türk gazetasi: Aprel oyi tashqi savdo indekslari e’lon qilindi. Turkiya Statistika tashkiloti aprel oyi tashqi savdo indekslarini e’lon qildi. Shunga koʻra, eksport qiymati indeksi aprel oyida oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan 1,1 foiz ortgan.

 



Aloqador xabarlar