Matbuot sharhlari 23.05.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1989735
Matbuot sharhlari 23.05.2023

Vatan gazetasi: Nyu-Yorkda Türkevi (Turk uyi) binosiga qarshi hujum uyushtirildi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi bilan Nyu-York Bosh konsulxonasi binosi sifatida foydalanilgan Türkevi (Turk uyi) ga qarshi hujum uyushtirildi. Shu kunlarda Turkiyadagi prezidentlik saylovi uchun ovoz berilgan Türkevida kim ekani noma’lum bir shaxs, qoʻlidagi lom orqali binoning pastgi qavatidagi oynalarni sindirdi. Ushbu hujum ustidan tergov ishlari boshlatildi.

Star gazetasi: Erdoʻgʻan AQShdan u terroristning topilishini talab qildi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan PKK tarafdorlari Turkiyadagi saylov asosida Yevropada ovoz bergan saylovchilarga hujum qilgani, endi esa AQShdagi Türkevi (Turk uyi) ning oynalari sindirilganini qayd etdi. AQSh rasmiylariga murojaat qilgan Erdoʻgʻan, “Türkevi oynasini sindirgan bu terroristni topishingiz kerak”.-dedi.

Sabah gazetasi: “Suriyaliklarning xavfsiz ravishda qaytishi davom etmoqda. Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi oʻrinbosari Numan Kurtulmush, bugungi kunga qadar urushdan qochgan 550 ming suriyalik oʻz yurtiga xavfsiz ravishda qaytganini bildirdi. Ularning xavfsiz va oʻz ixtiyori bilan qaytishi davom etayotganini ta’kidlagan Kurtulmush, “Kelasi davrda jadal ravishda yana 1 million suriyalikni qaytaramiz”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya iqtisodiyotiga boʻlgan ishonch ortmoqda. Turkiya iqtisodiyotiga boʻlgan ishonch kundan kunga ortib bormoqda. Iste’molchi ishonch indeksi may oyida oʻtgan oyga nisbatan 4 foiz ortib, roppa-rosa 91,1 foizga koʻtarildi. Bu orqali, 2022-yilning oxiriga koʻra iste’molchi ishonch indeksi 20 foizdan ko‘proq oshib, 2018-yilning iyulidan beri qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkichga yetdi.

Hürriyet gazetasi: Nureddin Nebati: Turkiya bir necha davlatga qaraganda oʻsish qayd etdi. Gʻaznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebati, “Pandemiya davrida dunyo qisqarar ekan Turkiya oʻsdi va 2021-yili 11.4 foizlik oʻsish qayd etdi. Rossiya-Ukraina urushi bilan birga 2022-yili ashyo narxlari butun dunyoda koʻtarilar ekan Turkiya iqtisodiyotida esa 5,6 foizlik oʻsish kuzatildi”.-dedi.



Aloqador xabarlar