Matbuot sharhlari 03.04.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1969005
Matbuot sharhlari 03.04.2023

Sabah gazetasi: Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Kiprning grek qismini ogohlantirdi. Tashqi ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Nyu-Jersi shtati Milliy gvardiyasining Kiprning grek qismi yetakchiligi bilan shartnoma imzolashini qoraladi. Mavzu haqida berilgan bayonotda: “Ona vatan va kafil mamlakat Turkiya bor ekan Kipr Turklariga hech qachon hech kim qo‘l uzata olmaydı. Bu haqiqatni Kiprning grek qismi tushunib yetishini umid qilaman. Kipr Turklarining xavfsizligini ta’minlovchi har qanday chorani ko‘rishni davom etamiz”.-deyildi.

Vatan gazetasi: Hulusi Akar oxirgi 3 oyda 340 terrorist yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha bergan bayonotida, “Turk askarlari oxirgi 3 oyda 340 nafar terroristni yo‘q qildi. Bular orqasida kim bo‘lishidan qat’iy nazar, hoh qurol, hoh vertolyot, hoh o‘q-dori, hoh pul bersinlar terroristlarni yo‘q qilishda qarorimiz qat’iydir. Qayerda terrorist bo‘lsa, ana shu yerni nishonga olamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Britaniya matbuoti: “Bayraktar TB2 Rossiyaning ezuvchi harbiy ustunliga zarba berdi”.-dedi. Rusya bilan Ukrayna tomonidan foydalanilgan Insonsiz havo vositasini bir-biri bilan solishtirgan Britaniya matbutoi, “Bayraktar TB2, Rossiyaning ezuvchi harbiy ustunligiga tubdan zarba berishga ko‘maklashdi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Shafak (Şafak) gazetasi: Akkuyuda nozik nuqtaga yetib kelindi. Akkuyu-Turkiyaning birinchi atom elektr stansiyasi hisoblanadi. Uning birinchi blogining poydevori qo‘yilganiga 5 yil bo‘ldi. Bu jarayonda stansiyasining barcha blogining poydevori qo‘yilib, qurilish maydonchasida ishlar to‘xtovsiz davom etar ekan bu yil loyihaning birinchi blogini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.  

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Antaliyada 3 oyda 797 ming 920 sayyoh keldi. Antaliyaga kelgan sayyohlar soni 1-yanvardan 31-martgacha 797 ming 920 kishini tashkil etdi. Sayyohlar soni bo‘yicha ruslar birinchi, nemislar ikkinchi, inglizlar esa uchinchi o‘rinni egalladi.



Aloqador xabarlar