Matbuot sharhlari 23.03.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1963935
Matbuot sharhlari 23.03.2023

Haberturk (Habertürk) gazetasi: Erdo‘g‘an: Don yo‘lagi kelishuvidagi Turkiya muvaffaqiyati hammaning og‘zida. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an xususiy telekanallardan birida Qora dengiz don yo‘lagi kelishuvi haqida: “Rossiya-Ukraina urushida vositachi davlat sifatida ko‘rsatilgan yagona davlat Turkiya. Usiz ham biz dunyoda qabul qilingan davlatmiz. Qora dengiz don yo‘lagi masalasida Turkiya muvaffaqiyati hammaning og‘zida”.-deya gapirdi.

Star gazetasi: Turkiya Isroilni qoraladi. Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azo sektoridan chiqib ketishi va G‘arbiy Sohildagi ayrim noqonuniy aholi punktlarining evakuatsiya qilinishi bilan bog‘liq qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni qoraladi.

Sabah gazetasi: Turk dengiz floti kuchiga-kuch qo‘shadi. Turk mudofaa sanoatining yetakchi shirkatlaridan biri ASELSAN, suv osti mudofaa tizimlaridagi tajribasi bilan, Turk dengiz kuchlarining nishonga suv ostidan ovozsiz harakat qilishini ta’minlovchi “avtonom suv osti vositasi” ishlab chiqdi.

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Istanbul aeroporti ketma-ket uch marotaba “Yilning aeroporti” bo‘ldi. Istanbul aeroporti jahon aviatsiya tarmog‘ining yetakchi nashrlari qatorida koʻrsatilgan “Air Transport Awards”da 2021 va 2022-yillardan keyin bu yil ham “Yilning aeroporti” deb tanlandi.

Yenishafak (Yenişafak) gazetasi: Mesut O‘zil futbolni takr etganini ma’lum qildi. 2021-yili Angliyaning Premier ligasining “Arsenal” jamoasidan “Fenerbaxche”ga o‘tgan va oxirgi marta “Bashakshexir”da to‘p tepgan Mesut O‘zil faol futbolchilik faoliyatini yakunladi.  



Aloqador xabarlar