Matbuot sharhlari 18.11.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1907925
Matbuot sharhlari 18.11.2022

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Erdoʻgʻan: Indoneziyada ancha qoʻllab-quvvatlandik. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Indoneziyada boʻlib oʻtgan G-20 sammitida uyushtirilgan majlislarda Türkiyening energiya va salomatlik mavzularidagi faoliyatlari qoʻllab-quvvatlanganini qayd etdi. Erdoʻgʻan bu borada: “Rossiya-Ukraina oʻrtasida mahbuslar almashinuvi va don yoʻlagi tashabbusimiz dunyo yetakchilari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinganiga guvoh boʻldik”. – dedi.

Haber Turk (Haber Türk) gazetasi: Don yoʻlagi kelishuvi 120 kunga uzaytirildi. Prezident Erdoʻgʻan, “Don yoʻlagi kelishuvi joriy yilning 19-noyabridan e’tiboran 120 kunga uzaytirildi”, - dedi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu ham kelishuv muddatining uzaytirilishi haqida, “Istanbul, umid markazi boʻlishni davom etmoqda”. – dedi.  

Star gazetasi: Türkiye, Shvetsiya bilan Finlandiyaning bergan va’dalarini bajarishini kutmoqda. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, NATO tarkibiga kirishni xohlagan Finlandiya bilan Shvetsiyaning Türkiye xavotirchiligini tushinishlari va Madridda qabul qilingan qarorlarga amal qilishlarini kutganliklarini qayd etdi. Akar, Shvetsiya Bosh vaziri bilan Tashqi ishlar vazirining YPG-PYDning PKK bilan organik, ierarxik va moliyaviy jihatdan aloqasi borligi haqidagi bayonotidan mamnunligi va shunga oʻxshash bayonotni Finlandiya hukumatidan ham kutganliklarini ta’kidladi.

Sabah gazetasi: Istanbul Yevropalik raqiblarini ortda qoldirdi. Pandemiyadansoʻng yil yakunini 50 million sayyoh, 44 mlliard dollar daromad deb rejalashtirgan Türkiyening turizm tarmogʻi, kongress turizmida ham faollashdi. Oʻtgan 2021-yili Amsterdam, Rim va Stokgolm kabi Yevropadagi raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq boʻlgan Istanbul, kongress turizmi bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinni egalladi. Bu yil 42 ta xalqaro kongressga mezbonlik qilgan Istanbulning 1-2 yil ichida yana ilk 10 talikka kirishi kutilmoqda.

Yeni Şafak gazetasi: Istanbul-Sofiya ekspresi 2023-yilning eng yaxshi sayohati qatoridan oʻrin oldi. 150 milliondan ortiq kitob chop etish orqali sayohat gidi nashrining dunyo liderlaridan biri boʻlgan Lonely Planet shirkati, 2023-yilga mo’ljallangan eng yaxshi sayohat nuqtalari roʻyhatini tuzdi. Unda, yilning eng yaxshilari roʻyhatidagi 30 sayyohlik nuqtani “Sayohat, taom, oʻrganish, dam olish va aloqa” degan nom ostida 5 kategoriyaga boʻldi. Shirkat, Istanbul-Sofiya ekspresini eng yaxhi sayohatlar qatorida koʻrsatdi.

 



Aloqador xabarlar