Matbuot sharhlari 27.10.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1898555
Matbuot sharhlari 27.10.2022

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an, “Türkiye asri” loyihasiga e’tibor qaratdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Türkiye asri” haqida videolavha bo‘lishdi. Unda, mahalliy inventarizatsiya hamlasi bilan oxirgi 20 yildagi Turk Qurolli kuchlarining 70 foizdan ortiq milliy mudofaa tizimlari bilan ta’minlanganiga e’tibor qaratildi.  

Vatan gazetasi: Erdo‘g‘an Shvetsiya Bosh vaziri bilan uchrashdi. Prezident Erdo‘g‘an, Shvetsiyaning yangi Bosh vaziri Ulf Kristersson bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog‘ida Kristerssonni Anqarada mehmon qilishdan mamnunligini bildirgan Erdo‘g‘an, uning, 19-oktabr kuni shaxsiga yuborga maktubiga to‘xtaldi. So‘zlari davomida, Shvetsiya hukumati bilan o‘zaro munosabatlarni har tarmoqda rivojlantirishga tayyorligini qayd etdi.

Yeni Shafak (Yeni Şafak) gazetasi: Grek matbuotida Erdo‘g‘an faoliyatlari baholandi.  Gretsiyaning “Ta Nea” gazetasida, “Türkiye Sharq bilan G‘arb o‘rtasida muvozanatni qanday saqlamoqda”, - degan savolga javob qidirgan xabar chop etildi. Unda, “Prezident Erdo‘g‘an yangi do‘stlar topishda erkin bo‘lgan mustaqil kuch sifatida Türkiyeni asta – sekin qayta insho etmoqda”. , -degan ifodalarga o‘rin berildi. Türkiyening ta’sir doirasini kengaytirganiga ham e’tibor qaratilgan xabarda, “Erdo‘g‘an, Afrika va Lotin Amerikada o‘nlab diplomatik vakolatxona ochdi”. – deyildi.  

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Stoltenberg yaqinda Türkiyega tashrif uyushtiradi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg yaqinda Türkiyega kelishini bildirdi. Stoltenberg bayonotida, “Türkiye, Finlandiya va Shvetsiyaning kelishuv doirasida ish olib borayotganidan mamnunmiz. Ham yaqin ittifoqdoshimiz Türkiye, hamda Finlandiya va Shvetsiya bilan aloqadamiz. Yaqin kunlarda Türkiyega boraman”. - dedi.

Star gazetasi: Britaniya Türkiye e’tiborini Eurofigter Typhoonga qaratdi. Istanbuldagi SAHA EXPO 2022 yarmarkasiga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles, Buyuk Britaniyaning Türkiyega “Eurofigter Typhoon” qiruvchi samolyot sotish niyatida ekanini qayd etdi. Bu borada, “Bayraktar qurolli insonsiz havo transporti qobiliyatini ko‘rdim. U, Turk mudofaa sanoati kuchiga kuch qo‘shmoqda”, - degan Uolles,  “Biz Türkiyega Eurofigter Typhoon qiruvchi samolyot sotish masalasini ochiq ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi.

 



Aloqador xabarlar