Matbuot sharhlari 13.10.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1892381
Matbuot sharhlari 13.10.2022

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an Qozog‘iston bilan hamkorlikni ta’kidladi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Türkiye Qozog‘istonning barqarorligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashni davom etishini bildirdi. Shuningdek, “O‘rta muddatli 10 milliard dollarlik maqsadimiz sari shaxdam qadamlar tashlamoqdamiz. Ko‘p tomonli platformalarda ham Markaziy Osiyoda birgalikda ish olib borishni davom ettiramiz" dedi.

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Putindan Türkiye platformasi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin kecha bergan bayonotida, Yevropaga gaz yetkazib berish uchun Türkiyeda yirik tabiiy gaz markazi tashkil etishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Star gazetasi: Biz uchun muhim sherikdir. Yevropa ittifoqining qo‘shnichilik va kengayish siyosati bo‘yicha komissari Oliver Varxeyi, Türkiye, Yevropaning energiya xavfsizligi uchun muhim va ishonchli tranzit o‘lka bo‘lishdan tashqari Yevropa ittifoqi uchun ham muhim sherik ekanini qayd etdi.

Yeni Shafak (Şafak) gazetasi: Dunyoning eng katta suzuvchi zavodi Türkiyeda ishlab chiqarildi. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, dunyoning eng katta suzuvchi zavodiga maqtov yog‘dirdi. Qayd etilishicha, Türkiyening Yalova shahrida ishlab chiqarilgan ushbu zavod, bir kunda 450 tonna baliq ovlab, uni 4 soat ichida sohilga yetkazib bera oladi.

Vatan gazetasi: Avgust oyida sanoat ishlab chiqarish ma’lumotlari e’lon qilindi. Türkiye Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarish avgust oyida oylik 2,4 foiz, yillik esa 1 foiz o‘sdi. Unda, ishlab chiqarish tarmog‘idagi o‘sish e’tiborni o‘ziga tortdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar