Matbuot sharhlari 29.09.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1886274
Matbuot sharhlari 29.09.2022

Sabah gazetasi: “Orollarni qurollardan tozalash shartdir”. Prezident Erdo‘g‘an, xususiy telekanallardan birida bergan bayonotida, Gretsiyaning Egeydagi orollarga AQSh zirhlarini joylashtirish masalasiga to‘xtaldi. Mavzu haqida: “Bu orollarni qurollardan tozalash shartdir”.-dedi. Erdo‘g‘an, “Amerika Qo‘shma Shtatlaridan, Gretsiyaga noto‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmasligi va xalqaro hamjamiyatning manipulyatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini xohlaymiz”.-degan ifodalarga ham o‘rin berdi.  

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: MXK, Gretsiyaning ig‘vogar tusdagi harakatlariga munosabat bildirdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligida Milliy Xavfsizlik kengashi yig‘ilish o‘tkazildi. Ortidan berilgan bayonotda: “Gretsiyaning behuda urinishlariga qarshi xalqimiz manfaatlarini himoya qilish uchun har qanday qonuniy usul va vositalarni qo‘llashdan chekinmasligimiz ta’kidlandi”. –deyildi.

Haber Turk (Haber Türk) gazetasi: Do‘nmez: Kaspiyning sharqi bilan g‘arbini birlashtirishimiz lozim. Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do‘nmez, Turk davlatlari o‘rtasida bundan ham ko‘proq elektr, neft va tabiiy gaz aloqalari o‘rnatish uchun harakat qilinishi kerakligini va Kaspiy dengizining sharqi bilan g‘arbini, hamkorlik qadamlari bilan birlashtirish mumkinligini qayd etdi.

Star gazetasi: THY Lufthansadan o‘zdi. THY oxirgi vaqtlarda ketma-ket olgan mukofatlari bilan Germaniya ommaviy axborot vositalarida keng o‘rin oldi. Germaniyaning Spiegel gazetasi, mavzu haqidagi xabarni, “THY, Lufthansadan o‘zdi” degan sarlavha bilan e’lon qildi.

Yeni Shafak (Yeni Şafak) gazetasi: Yoz mavsumi yakunlanishiga qaramay Antaliya aeroportida nemis va rus sayyohlarning ko‘pligi e’tiborlarni o‘ziga jalb etdi. Antaliyada yoz mavsumi yakunlanishiga qaramay, xorijlik sayyohlar soni rekord darajaga yetdi. Antaliya shahar hokimi Ersin Yaziji, shaharga havo yo‘li orqali kelgan xorijlik sayyohlar sonining 10 million 788 ming 467 nafarga yetganini e’lon qilar ekan, Antaliya aeroportida nemis va rus sayyohlar to‘plangan olomon kameralarda aks etgan.

 



Aloqador xabarlar