Matbuot sharhlari 28.06.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1860679
Matbuot sharhlari 28.06.2022

Hürriyet gazetasi: Don eksporti uchun koordinatsiya markazi ochildi. Rossiya-Ukraina urushi bilan boshlagan don inqirozini hal qiluvchi markaz kecha Istanbulda ochildi. Mushtarak koordinatsiya markazida Turkiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan Rossiya va Ukraina tomonlari ishtirok etdi. Ukraina portlarida kutayotgan 25 million tonnadan ortiq don, Istanbul orqali butun dunyoga yetkazib beriladi.

Yeni Şafak gazetasi: Islom birdamlik oʻyinlarini Prezident Erdoʻgʻan ochib beradi. Qoniyada 9-18 avgust kunlari boʻlib oʻtadigan beshinchi Islom birdamlik oʻyinlarini Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan ochib beradi. Unda, Islom Hamkorlik tashkilotiga a’zo dunyoning 56 davlatidan qariyb 6000 sportchining ishtirok etishi kutilmoqda va 24 xil sport turi boʻyicha musobqalar oʻtkaziladi.  

Star gazetasi: Ersin Tatar: Sharqiy Oʻrta yer dengizida Turk dunyosi vakilimiz. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Prezidenti Ersin Tatar Kipr turklarining Sharqiy Oʻrta yer dengizida Turk dunyosi vakili ekanini qayd etdi. Ersin Tatar: “Shu bois Kipr Turk xalqining Sharqiy Oʻrta yer dengizida umr sura olishi uchun Turkiyaning toʻliq qoʻllab-quvvatlashi bilan yangi siyosatimizi oxirigacha yoʻlga qoʻyishga majburmiz”.-dedi.  

Vatan gazetasi: Turkiya investitisya masalasida dunyoning eng ishonchli portlaridan biridir. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank Yevropa, Osiyo va Afrikaning kesishgan nuqtasi hisoblangan Turkiyaning bundan buyon investitsiya masalasida dunyoning eng ishonchli va xavfsiz portlaridan biri ekanini qayd etdi. Varank, “Turkiya inson resurslari salohiyati, rejalangan sanoat zonalari va tezlashgan innovatsion ekotizimi bilan afzal koʻrilgan davlatdir”,-dedi.

Haber Türk gazetasi: TOGG mart oyida yoʻllarda boʻladi. Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqi (TOBB) rahbari Rifat Hisarjiklioʻgʻlu, 29-oktabr kuni Turkiyaning TOGG zavodining ochilishini va 100 foiz elektrli, mahalliy avtomobilni jahon bozoriga ham taqdim etajaklarini bildirdi. Hisarjiklioʻgʻlu, “Mart oyida hammamiz birgalikda mahalliy avtomobillarga oʻtishni boshlaymiz”.-dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar