Matbuot sharhlari 21.07.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1857744
Matbuot sharhlari 21.07.2022

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan: AQSh hozir Firot sharqini tark etishi kerak. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Eronga boʻlgan tashrifidan qaytar chogʻida bergan bayonotida: “Amerika Qoʻshma Shtatlari hozir Firot sharqini tark etishi kerak. Bu Ostona jarayonidan chiqqan natija. Chunki u yerdagi terror tashkilotlarini Amerika qoʻllab-quvvatlamoqda”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Star gazetasi: Tarixiy sammit rus matbuotida. Eron poytaxti Tehronda Turkiya, Rossiya va Eron oʻrtasida Ostona formatida uyushtirilgan navbatdagi sammit, rus matbuotida keng oʻrin oldi. “Izvestiya” gazetasi xabarida, “2017-yili Suriyadagi vaziyatni normallashtirish uchun yaratilgan ushbu platforma Rossiya, Eron va Turkiyani birlashtirmoqda”.-deyildi.  

Sabah gazetasi: Fuat Oʻktay Oʻrta yer dengizning sharqiga e’tibor qaratdi va unda, “Abdulhamid Xon kemamiz safarga chiqmoqda”.-dedi. Kecha Shimoliy Kipr Turk Respublikasida nutq soʻzlagan vitse-prezident Fuat Oʻktay, dunyodagi eng ilgʻor burgʻulash kemalaridan biri boʻlgan Abdulhamid Xonning avgust oyida Oʻrta Yer dengizi sharqida oʻz ishini boshlashini bildirdi.

Haber Türk gazetasi: Mahalliy avtomobil Istanbulda koʻzgarmaga olib chiqildi. Bu yilgi Maishiy elektronika yarmarkasida CES TOGG tanishtirgan konsept-kar, Istanbulda namoyish etildi. Zorlu Centerda xalq e’tiboriga havola qilingan ushbu mahsulot, yanvar oyida Maishiy elektronika yarmarkasida CES tanitilar ekan, TOGGning koʻrinishi butun dunyoga namoyish etilgandi.  

Hürriyet gazetasi: Iste’molchilar ishonchi indeksi koʻtarildi. Turkiya Statistika qoʻmitasi bilan va Turkiya Respublikasi Markaziy banki hamkorligida olib borilgan iste’mol moyilligi tadqiqoti natijalaridan hisoblangan va mavsum ta’sirlaridan tozalangan iste’molchi ishonch indeksi iyul oyida iyun oyiga nisbatan 7,4 foizga oshdi. Bu orqali iyun oyida 63,4 deb qayd etilgan indeks, iyul oyida 68,0 ni tashkil etdi.



Aloqador xabarlar