Matbuot sharhlari 18.07.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1856055
Matbuot sharhlari 18.07.2022

Yeni Şafak gazetasi: Gretsiya jinoyat ustida qoʻlga tushdi. Gretsiyaning Sohil xavfsizligi Egey dengizida muhojirlarni tashigan puflangan qayiqni yoʻldan qaytarayotgan vaqtda qoʻlga tushdi. Turkiyaning hududiy suvlarini paymol qilib, muhojirlarni oʻlimga tark etgan Gretsiya qayigʻi, insonsiz havo transporti yordamida aniqlandi. Milliy Mudofaa vazirligi, Egey dengizida Gretsiyaga oid sohil xavfsizlik xodimlari qayigʻining noqonuniy muhojirlarni Turk hududiy suvlariga itarayotgan paytining tasvirlarini boʻlishdi. Noqonuniy muhojirlar Turk Sohil xavfsizligi tomonidan qutqarildi.

Star gazetasi: Turkiyaning Insonsiz havo transporti ovchisi inventariga kirdi. Turkiyaning ASELSAN kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Insonsiz havo transporti ovchisi “Shahin”, birinchi marotaba inventariga kirdi. Mini yoki mikro Insonsiz havo transportlarini yoʻq qilish uchun ishlab chiqarilgan “Shahin”dan nozik ta’sislarning himoya qilinishi, chegara xavfsizligi va havo mudofaasi kabi sohalarda foydalaniladi.   

Sabah gazetasi: Turk pudratchilari chet elda yangi 132 ta loyiha oldi. Turk pudratchilari, chet elda 6 oy ichida yangi 132 ta loyiha oldi. Ularning joriy yilning yanvar oyidan boshlab iyun oyigacha boʻlgan davr mobaynida oʻz zimmasiga olgan yangi loyihalarining qiymati 4.6 milliard dollar. Yangi loyihalarda Amerika Qoʻshma Shtatlari va Saudiya Arabistoni bozorlari oldingi qatorda oʻrin oldi.

Hürriyet gazetasi: Pomidorlar Ukrainaga Nevshehirdan yuboriladi. Ukraina Rossiya bilan boʻlgan urush tufayli sabzavot ehtiyojini qondirish masalasida Turkiya bilan hamkorlik qila boshladi. Nevshehirning Kozakli tumanidagi geotermal issiqxonalarida yetishtirilgan pomidorlarga xaridor boʻlgan Ukraina, birinchi marotaba nomi tilga olingan shahardan pomidor eksport qiladi.  

Vatan gazetasi: Turk shifokor tibbiyotda katta yangilik yaratdi. Professor doktor Rahmi Oʻklu tomonidan ishlab chiqarilgan va saraton kasalligi uchun foydalanilgan, eng muhimi shishning kattayishini toʻxtatgan gidrogel usuli, Amerika Oziq-ovqat va dori-darmon tashkiloti tomonidan tasdiqlandi. Ushbu usulning tibbiyotda ilk bor qayd etilishi, nomi tilga olingan sohada, “Oltin standart” degan nom bilan koʻrsatilmoqda.

 



Aloqador xabarlar