Matbuot sharhlari 01.07.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1850741
Matbuot sharhlari 01.07.2022

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an: Biz imzolagan memorandum tarixiy g‘alabadir. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Ispaniya poytaxti Madridda uyushtirilgan NATO sammiti yakunida matbuot anjumani uyushtirdi. Unda, “Shvetsiya, Turkiya va Finlandiya o‘rtasida imzolanganuch tomonli memorandum Turkiya va xalqimiz uchun murakkab muzokara jarayonidan keyingi diplomatik g‘alabadir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: AQSh Prezidenti Bayden: Turkiyaga F-16 sotishimiz kerak. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden, NATO Liderlar sammiti ortidan uyushtirgan va sammitni baholash mazmunidagi yig‘ilishda, “Turkiyaga F-16 sotishimiz kerak. Buni qilmaslik bizga foyda bermaydi. Buni bajara olish uchun faqatgina kongressning ruxsati kerak. Menimcha ruxsat olamiz”.-deya gapirdi.

Sabah gazetasi: Ispaniya Bosh vaziri Sanches Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi. Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchez Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammitidagi “konstruktiv tusdagi munosabati” uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi. Sanchez, “Turkiya xavfsizlik va o‘rtamchilik qilish boʻyicha asosiy hamkordir. Men bugun Prezident Erdoʻgʻan bilan uchrashdim. Unga Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujum qilishni toʻxtatishi va muammoni muloqat yo‘llari orqali hal qilish borasidagi diplomatik sa’y-harakatlari va janubiy qanot kuchiga-kuch qo‘shish uchun bergan yordami uchun rahmat aytdim”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya eksporti may oyida ortdi. Turkiyaning eksporti may oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 15,3 foiz ortib, 18 milliard 984 million dollarga yetdi. May oyi eksportining birinchi o‘rnida Germaniya qayd etilar ekan ushbu bozordan 1 milliard 492 million dollar daromad olindi.

Star gazetasi: Turkiyaga yana bitta oltin medal. Jazoirda uyushtirilgan navbatdagi O‘rta Yer dengizi o‘yinlarining beshinchi kunida 81 kg vazn toifasida ishtirok etgan milliy dzyudochi Vedat Albayrak, italiyalik raqibi Kenni Komi Bedelni mag‘lub qilib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar