Matbuot sharhlari: 27.06.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1848632
Matbuot sharhlari: 27.06.2022

Vatan gazetasi: Vitse-prezident O‘ktay: Jazoyirdagi Turk investitsiyalari 5 milliard dollarga yetdi. Vitse-prezident Fuat O‘ktay. Navbatdagi O‘rta yer dengizi o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish maqsadida Jazoyirga bordi. Vitse-prezident u yerda Turk ishbilarmonlar bilan uchrashar ekan, Jazoyirdagi Turk investitsiyalarining 5 milliard dollarga yetganini ma’lum qildi.  

Hürriyet gazetasi: Ismail Demir: “Milliy suv osti sarguzashtidagi tarixiy qadam”.-degan so‘zlar bilan e’lon qildi. Mudofaa sanoati rahbari Ismail Demir: “Milliy suv osti sarguzashtidagi tarixiy qadam. Turk muhandislari tomonidan butunlay mahalliy imkonlar bilan loyihalashtirilgan STM500 suv osti kemasini ishlab chiqarish faoliyatini boshlayapmiz”.-deya gapirdi.

Star gazetasi: Turkiyadan kritik harakat. Aviatsiya tarmog‘ida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan texnologiyalardan yana biri milliylashtirildi. Milliy havo transportlarining “qush zarbasi sinovlari” Turkiyada o‘tkaziladi. Bu orqali mahalliy texnologiyalar yordamida Milliy jangovar uchoqlar, Hurjet, Go‘kbey kabi loyihalarni sinovdan o‘tkazish uchun chet elga borishga hojat qolmaydi.

Yeni Şafak gazetasi: TOGG raqamli bir mahsulotni foydalanishga topshiradi. Turkiyaning TOGG avtomobil korxonasi Bosh menejeri Gurjan Karakash, avtomobildan oldin boshqa texnologik mahsulotni foydalanishga topshirish haqidagi mish-mishlarga javob berdi. U mavzu haqida: “Bu borada ma’lumot berish uchun hali hanuz erta lekin ilk aqlli jihozimiz C segmentli SUVni (Sport-utilitar avtomobil) bozorga chiqarishdan avval mobil xizmat beruvchi raqamli bir mahsulot ustida ish olib borayotganimiz haqida aytishim mumkun”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Tureji bilan Shahin Insoniyatga ko‘rsatgan xizmatlari uchun taqdirlandi. Vehbi Koch nomidagi fond mukofatining ilk sohiblari, Covid-19 pandemiyasi davrida ishlab chiqargan vaksına orqali millionlab insonni qutqargan BioNTech asoschilari professor doktor O‘zlem Tureji bilan professor doktor Ug‘ur Shahin bo‘ldi.    

 



Aloqador xabarlar