Matbuot sharhlari 25.04.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1817547
Matbuot sharhlari 25.04.2022

Hürriyet gazetasi: Chavushoʻgʻlu: Konsullik xizmatlarida bundan buyon sunʻiy aqldan foydalanamiz”. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, konsullik xizmatlarida bundan buyon sun’iy aqldan foydalanishlarini va yaqin kunlarda bir necha xizmatni sun’iy aql yordamida yetti kun yigirma toʻrt soat degan tushuncha bilan taqdim etishni boshlashlarini qayd etdi. 2019-yili raqamli diplomatiya insiyatifi boshlatganliklarini ta’kidlagan Chavushoʻgʻlu, “Sun’iy aqldan tashqi siyosatdagi oʻzgarishlarni aniqlash, rivojlantirish va tahlil qilishda ham foydalanamiz”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Ibrahim Kalin Baydenning 1915-yilgi voqealar haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi va unda, “Zamonaviy barbarlar, oʻzingizga bir qarang”,-dedi. 1915 yilgi voqealar haqidagi bayonotida, “genotsid” ifodasini ishlatgan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Baydenga e’tiroz bildirgan Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, “Millionlab insonni oʻlimga yetaklagan, jahon urushlari boshlatgan, ommaviy qirgʻin qurollari yasagan, atom bombalari tashlagan, qul savdosi bilan shugʻullangan, insonlarni hayvonot bogʻlarida koʻrgazmaga qoʻygan zamonaviy barbarlar... Bizning tariximizda genotsid, etnik tozalash yoki Xolokost dogʻi yoʻq. Siz oynada o‘zingizga bir qarang”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Haber Türk gazetasi: Hulusi Akar terrorizmga qarshi kurash haqida bayonot berdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Iroq chegarasining eng yaqin nuqtasida, 2 ming 300 metr balandlikdagi Geyiktepe bazasi hududida turk askarlari bilan uchrashdi. Turkiyaning aholi soni, madaniyati, tarixi, armiyasi va xalqi bilan buyuk davlat ekanini ta’kidlagan Akar, terrorga qarshi kurashda qarorli ekanliklarini qayd etdi.

Sabah gazetasi: PKKning qochadigan joyi qolmadi. Turk Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Panja-kalit amaliyoti orqali, Zap va Avashin-Basyan vodiyida xavfsiz mintaqalar tashkil etmoqchi. Turk Qurolli kuchlari shu maqsadda mintaqani PKK terror tashkilotidan tozalamoqda. Ogʻir zarba olgan terroristlarning Gare va Qandil tomon ortga tisarilgani ma’lum boʻldi. Suriyaning shimolida ham PKK/ YPGga oxirgi vaqtlarning eng ogʻir zarbasi berildi.  

Star gazetasi: Turkiya Afrikaga yordam berish masalasida judayam qoʻli ochiq munosabatda boʻldi. Londonda nashr etilgan, “The Economist” jurnalida oʻrin olgan xabarda, Turkiyaning Afrika davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ortib borayotgan aloqalari muhokama qilindi. Turkiyaning insonparvarlik yordamlari orqali Afrika bilan aloqalarini mustahkamlaganiga e’tibor qaratilgan xabarda, “Turkiya, ayniqsa harbiy va iqtisodiy sohada yordamga ehtiyoj tugʻilganida qoʻli ochiqligi bilan tanilmoqda”.-deyildi.

 



Aloqador xabarlar