Matbuot sharhlari 11.04.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1810281
Matbuot sharhlari 11.04.2022

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an Karl Nexammer bilan uchrashdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Avstriya Bosh vaziri Karl Nexammer bilan telefon orqali muloqat qildi. Muloqat chog‘ida, Turkiya-Avstriya munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan qadamlar va mintaqaviy masalalar, jumladan Rossiya-Ukraina urushi qo‘lga olindi.

Star gazetasi: Chavusho‘g‘lu ozarbayjonlik va turkmanistonlik kasbdoshlari bilan telefon orqali muloqat qildi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqatlar chog‘ida Turkiya-Ozarbayjon-Turkmaniston uch tomonli tashrif jadvali qo‘lga olindi.

Yeni Şafak gazetasi: Bingo‘lda terror amaliyoti. Turkiyaning Bingo‘l viloyatining Gench tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi “Eren qish-6” amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shu doirada, terroristlar tomonidan foydalanilgan olti xonali boshpana bilan ashyolar yo‘q qilindi.

Sabah gazetasi: Turkiya eksporti ortdi. Turkiya eksporti 2022-yilning yanvar-mart oylarida 20.8 foizga ortgan holda, 60 milliard 288 million dollarga yetdi.

Haber Türk gazetasi: Fenerbaxche Yevropa ikkinchisi. Fenerbaxchening ayollar basketbol jamoasi, Xalqaro Basketbol federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida uyushtirilgan Yevropa ligasi finalida, Sopron Basket jamoasini 60-55 hisobiga mag‘lub qilib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar