Matbuot sharhlari 10.03.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1793237
Matbuot sharhlari 10.03.2022

Haber Türk gazetasi: Turkiya-Isroil munosabatlarida tarixiy imkon. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroil Prezidenti Isxak Gertsog bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida, “Ushbu uchrashuv ikki tomonli munosabatlar uchun burilish nuqtasidir”,-degan ifodalarga o‘rin berdi. Mintaqada sodir bo‘layotgan voqealarning, energiya xavfsizligining ahamiyatini o‘rtaga qo‘yayotganini ifoda etgan Erdo‘g‘an, “Energiya hamkorligini qayta tiklash uchun bu bir imkondir”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Erdo‘g‘an: Al-Aqsa masjidining diniy o‘rnining ahamiyatini ta’kidladik. Prezident Erdo‘g‘an Isroil Prezidenti Gertsog bilan amalga oshirgan uchrashuvda, Turkiyaning Falastin masalasidagi nozik ko‘z qarashlarini yetkazganliklarini bildirdi. Erdo‘g‘an bu haqida: “Mintaqada taranglikning kamaytirilishi, muammoni ikki davlat asosida hal qilinishining biz uchun qanchalik muhim ekanini ifoda etdik. Al-Aqsa masjidining diniy o‘rnining ahamiyatini ta’kidladik”,-deya gapirdi.

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an Leyen bilan uchrashdi. Prezident Erdo‘g‘an Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari Ursula von der Leyen bilan telefon orqali muloqat qildi. Unda, Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi 24-fevraldan beri davom etayotgan hujumlar bilan Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari qo‘lga olindi.

Star gazetasi: Nigeriyadan Turkiyaga neft va tabiiy gaz taklifi. Nigeriyaning neft manbalaridan mas’ul davlat vaziri Timipre Silva, Turkiyani mamlakatining quruqlikdagi yirik neft va tabiiy gaz boyliklariga sarmoya kiritishga chaqirdi. Timipre Silva, Nigeriyaning uglevodorod tarmog‘ida ko‘proq Turk sarmoyasiga ochiqligini bildirdi.

Sabah gazetasi: Rossiya-Ukraina urushi tufayli iqtisodiy choralar ko‘rilmoqda. Prezidentlik kulliyasida uchrashgan Iqtisodiyotni muvofiqlashtirish kengashi, Rossiya va Ukraina urushining iqtisodiyot ustidagi ta’sirlarini kamaytirishni ko‘zda tutish maqsadida yo‘lga qo‘yiluvchi chora-tadbirlarni baholadi. Unga ko‘ra, ko‘tarilgan energiya narxlariga qarshi milliy hamlalardan tashqari manba va bozorni diversifikatsiya qilish imkoni yaratiladi.  Don va moyli urugʻlar bosh boʻlish bilan birga oziq-ovqat va xomashyoda ta’minot xavfsizligining davom etishi uchun ishlab chiqarish bosqichidan ichki va tashqi savdogacha boʻlgan barcha tijoriy bosqichlarda fuqarolar foydasiga zarur choralar koʻriladi.



Aloqador xabarlar