Matbuot sharhlari 24.02.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1784461
Matbuot sharhlari 24.02.2022

Yeni Şafak gazetasi: Putinning buyrugʻi ortidan Donbasda harbiy harakat boshladi. Rossiya-Ukraina inqirozi natijasida kutilgan ishgʻol tashabbusi boshladi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Ukraina sharqidagi Donbasda maxsus harbiy amaliyot boshlatganliklarini ma’lum qildi.

Haber Türk gazetasi: Ukraina lideridan ilk bayonot: Oʻzimizni himoya qilamiz, hujum qilmaymiz. Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiy, Rossiya tomonidan Donbas mintaqasida boshlatilgan harbiy amaliyot haqida, “Agar jonimiz, erkinliğimiz, bolalarimizga hujum qilgudek boʻlsa unda oʻzimizni himoya qilamiz, hujum qilmaymiz”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: THYdan bayonot! Ukraina qatnovlari toʻxtatildi. Turk havo yoʻllari (THY) Bosh direktori Bilal Ekshi, “Ukraina havo hududining yopilishi munosabati bilan bugungi barcha Ukraina safarimiz bekor qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Star gazetasi: Erdoʻgʻanning 40 tashrifi sinchiklab koʻrib chiqildi. Fransiyannig “Le Point” siyosat va xabar jurnali, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning Afrikaga uyushtirgan tashrifi haqida maqola chop etdi. Unda, Erdoʻgʻaning 2005-yildan beri Bosh vazir va Prezident sifatida Afrikaga qariyb qirq marotaba uyushtirgan tashrifiga e’tibor qaratilar ekan, Afrika qit’asi bilan savdo hajmining 2 milliarddan 25 milliard dollarga koʻtarilgani qayd etildi.

Sabah gazetasi: Turkiyadan Gretsiyaga nota. Tashqi ishlar vazirligi kecha Gretsiya Sohil xavfsizligining Turk fuqarolarini yaralagani haqidagi voqea ustidan, Gretsiyaning Anqaradagi elchixona kotibini chaqirib, norozilik notasi berdi.

 



Aloqador xabarlar