Matbuot sharhlari 08.02.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1775225
Matbuot sharhlari 08.02.2022

Hürriyet gazetasi: Emine Erdo‘g‘an: Ahvolimiz yaxshi tomonga o‘zgarib bormoqda. Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, yangi turdagi koronavirus test natijasi ijobiy chiqqan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning sog‘ligining yaxshilanayotganini ma’lum qildi. Kalin mavzu haqida: Shifokorlarning aytishicha, bir necha kun ichida (Covid-19 test natijasi) salbiy tomonga o‘zgaradi”.-dedi. Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an ham Twitter sahifasi orqali bergan ma’lumotda, “Ahvolimiz yaxshi tomonga o‘zgarib bormoqda”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.   

Yeni Şafak gazetasi: NATO bilan Germaniya Erdo‘g‘anga Ukraina masalasi ustidan minnatdorchilik bildirdi. NATO bilan Germaniya Prezident Erdo‘g‘anning Rossiya-Ukraina inqirozini siyosiy yo‘llar bilan hal qilish uchun boshlatgan diplomatik tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirildi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bu borada Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilganini bildirgan holda: “Muammoni siyosiy yo‘llar bilan hal qilishni faol qo‘llab-quvvatlayotgani va shaxsiy tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildirdim”.-dedi.  Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Christofer Burger esa Turkiya sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qarshi olganliklarini qayd etdi.

Haber Türk gazetasi: ShKTRdan Yevropaga e’tiroz. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Yevropa komissiyasining Strukturaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash departamenti Bosh direktori Mario Navaning, Kipr muammosini ikki davlat asosida hal qilish imkonsiz ekani haqidagi bayonotlariga qattiq e’tiroz bildirdi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi bu haqida, “Yevropa ittifoqi rasmiylarining Kipr muammosini hal qilish yo‘llari ustidan izoh qoldirishi va hukm chiqarishining hech qanday ahloqiy yoki qonuniy kuchi yo‘qdir”.-dedi.  

Star gazetasi: Yaxshilik poyezdi Afg‘onistonga yetib bordi. Ichki Ishlar vazirligi Tabiiy ofat va favqulotda vaziyatlar yetakchiligi koordinatsiyasida Turkiyadagi turli nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uyushtirilgan “Yaxshilik poyezdi”, Afg‘onistonga yetib bordi. Prezident Erdo‘g‘anning “Yaxshilik poyezdi” buyrug‘i ortidan chora ko‘ra boshlagan Turk tashkilotlari rasmiylari, poyezdning koordinatsiyasi uchun katta kuch sarflab, murakkab vazifani bajo keltirdi.

Sabah gazetasi: Mamlakatda TURKOVAC xursandchiligi. Yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi ishlab chiqilgan mahalliy Turkovac vaksinasi kechadan boshlab Turkiyaning to‘rt burchagida foydalanila boshladi. Fuqarolar: “Ham faxrlandik ham xursandmiz. Davlatimiz va turk shifokorlariga ishonamiz”.-der ekan shifokorlar: “Mahalliy vaksinani kutayotganlar ko‘p edi. Birinchi kuniyoq qiziqish katta”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.  



Aloqador xabarlar