Matbuot sharhlari 20.01.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1765737
Matbuot sharhlari 20.01.2022

Vatan gazetasi: Erdo‘g‘an: TURKOVAC vaksinamiz tufayli o‘zimizga yana-da ishonch bilan qarayapmiz. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida, dunyoning koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini ostida og‘ir kunlarni boshdan kechirishni davom etayotganini belgilab o‘tgan holda: “Tibbiy tizimimiz kerakli har qanday ehtiyojni qoplash kuchiga ega. TURKOVAC vaktsinamiz tufayli bundan buyon o‘zimizga yana-da ishonch bilan qarayapmiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an Ukrainaga tashrif uyushtiradi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, “Turkiya, Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi taranglikni kamaytirish uchun har qanday javobgarchilikni olishga tayyor. Biz buni ham Rossiya, hamda Ukrainaning doʻsti, qolaversa NATO boʻyicha ittifoq sifatida bajaryapmiz. Kelasi bir necha hafta ichida Prezident Erdo‘g‘an Prezident Zelenskiy bilan uchrashish maqsadida Ukrainaga tashrifi uyushtiradi”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: Shentoʻp, Sharqiy Oʻrta yer dengizi haqida bayonot berdi. TBMM raisi Mustafa Shentoʻp, Sharqiy Oʻrta yer dengizi quvir liniyasi (EastMed) loyihasi haqida: “Biz boshidanoq bu loyihaning tijoriy ekaniga ishonmadik. Faqatgina Turkiyaga dushmanlik qilish uchun sisiyosiy maqsadlar bilan yoʻlga qoʻyilishi imkonsiz ekanini boshidan beri aytib keldik”.-dedi.

Star gazetasi: Niderlandiya Turkiyaga maqtov yogʻdirdi. Turkiyaning Insonsiz havo transporti haqida Niderlandiyaning NRC gazetasida oʻrin olgan analizda “Bayraktar TB2” haqida, “Dunyoning eng yaxshisi” degan izoh qoldirildi. Unda niderlandiyalik mudofaa sanoati tarmogʻi mutaxassisi Stijn Mitzer, “Bayraktar TB2 amaliyot yuritish jihatidan dunyoning eng yaxshisi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Sabah gazetasi: Dunyo futbol yulduzlarini ortda qoldirdi. Football Wonderkids tuzgan roʻyhatga koʻra Yevropa ligalarida eng koʻp asist qayd etgan oʻyinchilar aniqlandi. Turkiyadan Yunus Akgun kiritilgan roʻyhat, bir necha yosh yulduzni ortda qoldirdi.  

 



Aloqador xabarlar