Matbuot sharhlari 06.01.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1758130
Matbuot sharhlari 06.01.2022

Hürriyet gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Chavushoʻgʻlu NATO Bosh kotibi bilan uchrashdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu kecha NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqat qildi. Chavushoʻgʻlu bilan Stoltenberg ushbu muloqat chogʻida NATO tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yigʻilishi oldidan fikr almashdi. Unda shuningdek, 12-yanvarda boʻlib oʻtadigan NATO-Rossiya yigʻilishidan oldingi oxirgi vaziyatlarni muhokama qildi.

Star gazetasi: Turkiya bilan Armanistonning qachon uchrashuv oʻtkazishi ma’lum boʻldi. Tashqi ishlar vazirligi Turkiya va Armaniston maxsus vakillarining birinchi yigʻilishini 14-yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskvada boʻlib oʻtishini bildirdi.  

Sabah gazetasi: Faxrettin Koʻja omikron shtammi haqida bayonot berdi. Sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koʻja kecha oʻzining Twitter sahifasida “Omikron shtammi bilan kasallanganlar sonining koʻpayishiga qaramay kasalxonaga yotqizishlarda xavotirli oʻsish kuzatilmadi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Vatan gazetasi: Karaismailoʻgʻlu: Elektron eksportini yetakchi davlatlar qatoriga kirish uchun yangi strategiyalar ishlab chiqarmoqdamiz. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailoʻgʻlu: Yurtimizni elektron eksportida yetakchi davlatlar qatoriga kiritish uchun yangi strategiyalar ishlab chiqarmoqdamiz. Bunday asrda texnologik mustaqillik ham milliy mustaqilligimiz kafolatidir”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya avtomobil sanoatining 2021-yilgi eksporti 29,3 milliard dollarga chiqdi. Turkiya iqtisodiyotining lokomotiv sektori hisoblangan va 2021-yilni ham eksport yetakchisi sifatida yakunlab, ketma-ket 16 marotaba chempionligini e’lon qilgan avtomobil sanoati o‘tgan yili 29,3 milliard dollarlik tashqi savdo qayd etdi. 



Aloqador xabarlar