Matbuot sharhlari 04.01.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1756820
Matbuot sharhlari 04.01.2022

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an: Hamma o‘sish qayd etgan Turkiyani yuqori baholamoqda. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an oxirgi 20 yilda infratuzilmasidagi taraqqiyot tufayli Turkiyani sogʻlikni saqlash sohasidagi inqirozidan ijobiy tusda qutqarib qolishga muvaffaq boʻlganliklarini ta’kidladi. Dunyoni kuzatgan hammaning Turkiya oʻrnini yuqori baholaganliklarini ham yodga solgan Erdoʻgʻan, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyaning iqtisodiyotlar ustidagi bosimi ortib borayotganiga qaramay Turkiyaning oʻtgan yili jadal oʻsish qayd etganini ifoda etdi. Erdoʻgʻan bu haqida shuningdek: “Turizm tarmogʻida oldingi yilga nisbatan sayyohlar sonida 83, daromadda esa 100 foizlik ortish kuzatildi”.-dedi.  

Hürriyet gazetasi: Turkiya eksportda rekord oʻrnatdi. Turkiya iqtisodiyoti sarmoya, bandlik, ishlab chiqarish, eksport va joriy hisobdagi profitsit orqali oʻsish tamoyillari asosida rivojlanishni davom ettirmoqda. 2020-yilni oʻsish bilan yakunlagan ikki davlatdan biri boʻlgan Turkiyaning 2021-yildagi jami eksporti undan oldingi yilga nisbatan 32,9 foizlik ortish bilan rekord oʻrnatib, 225,4 milliard dollarga yetdi.

Star gazetasi: Turkiya bilan AQSh oʻrtasidagi nozik uchrashuv. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda yaqinda oʻtkazilishi rejalashtirilgan NATO va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti yigʻilishlari oldidan Rossiya-Ukraina oʻrtasidagi taranglik, strategik mexanizmning qayta tiklanishi bosh boʻlish bilan birga Turkiya-AQSh munosabatlari, Sudan, Efiyopiya va Kavkazdagi vaziyatlar muhokama qilingani qayd etildi.  

Yeni Şafak gazetasi: TURKOVAC guruhi Omikronga e’tibor qarata boshladi. Koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan va Delta shtammiga qarshi toʻliq himoya qiluvchi kuchga ega mahalliy vaksina TURKOVACning ilmiy jamoasi hozir Omikron shtammini izolyatsiya qilish ustida ishlamoqda. Ular faoliyati 2-3 oy davom etadi. Mahalliy “Qrim-Kongo” gemorragik isitma kasalligiga qarshi vaksinaning ham 1-bosqich faoliyatlari tamomlandi.

Sabah gazetasi: Pamukkale 2022-yilda 2 million sayyoh kutmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha doimiy vakolatxonasining Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan va Turkiyaning eng koʻp sayyohni oʻziga jalb etgan joylari qatorida oʻrin olgan Pamukkale, oʻtgan yili 1 million 200 ming 650 sayyoh kuzatdi. 2023-yilgi rejalariga amin qadamlar tashlash orqali erishishni moʻljallagan mutaxassislar, bu yil mintaqaning 2 million kishiga quchoq ochishini kutmoqda.   

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar