Matbuot sharhlari 27.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1753214
Matbuot sharhlari 27.12.2021

Vatan gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan, “Bu ketishga monelik qilamiz”,- dedi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Adolat va taraqqiyot partiyasining Istanbuldagi yigʻilishida soʻzlagan nutqida, “Foiz boylarni yana-da boy, kambagʻallarni yana-da kambagʻal qiladi. Foiz sabab, inflyatsiya esa natijadir. Shunday ekan bu ketishni buzamiz, xalqni asl nuqtada oʻz maqsadlariga erishtiramiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Star gazetasi: “Mudofaa sanoatimiz yana bir muvaffaqiyatga imzo chekdi”. Prezidentlik apparati Mudofaa sanoati rahbari Ismail Demir, mudofaa sanoatining yana bir muvaffaqiyatga imzo chekkanini ta’kidlagan holda, milliy havo mudofaasi raketa tizimi HISAR O’ning oxirgi qabul otishida katta balandlikdagi nishonni yuqori tezlikda yoʻq qilganini ma’lum qildi.

Yeni Şafak gazetasi: Logistikaning yulduz oʻlkasi Turkiya. Transportda chorrahaga aylangan Turkiya, pandemiyaga qaramay bu tarmoqda oʻsish qayd etdi. Havo yoʻli boʻyicha 11 oyda tashilgan yuk miqdori 3 million tonnadan oshdi. Portlarda handling xizmatlari berilgan konteynerlarning 9.9 foizi Turk bayrogʻi ilingan kemalar orqali tashildi.

Haber Türk gazetasi: Antaliya koʻzlangan maqsadiga erishdi. Turizm shahri Antaliyada 2021-yil uchun koʻzlangan 9 millionlik sayyoh soniga erishilgani qayd etildi. 2021-yilga ham pandemiya bilan kirgan Antaliyaning, iyul oyida boshlagan katta talab orqali, yil tugamay turib 9 million 2 ming 217 sayyohni mehmon qilgani ma’lum boʻldi.  

Sabah gazetasi: 2200 yil muqaddam turklar tomonidan qurildi. 2 ming 200 yil muqaddam turklar tomonidan qurilgan su kanallari bugungi kunda ham “muhandislik moʻjizasi” deb baholanmoqda. Kariz kanali deyilgan ushbu yerosti suv quvirlari tizimi Oʻrta Osiyoning Turfan mintaqasida qurildi. Sivilizatsiya davrining eng muhim topilmalaridan biri sifatida qoʻlga olinmoqda.

 



Aloqador xabarlar