Matbuot sharhlari 23.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1751622
Matbuot sharhlari 23.12.2021

Hürriyet gazetasi: Turkovac vaksinasi foydalanishga topshirildi. Yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi mahalliy Turkovac vaksinasi foydalanishga topshirildi. Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja bu haqida, “Mahalliy Covid-19 vaksinamiz Turkovac foydalanishga topshirildi va jadal ravishda uni ishlab chiqarish ishlari boshladi”.-dedi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ham, “Pandemiya davrida yuz niqobi bosh bo‘lish bilan birga qo‘limizdagi tibbiy ashyolarni bo‘lishdik. Boshqa tomonlardan olgan vaksinalarimizning bir bo‘lagini ham do‘st davlatlarga yuboryapmiz. Turkovac ishlab chiqarila boshlar ekan, uni butun insonlar bilan bo‘lishishdan xursand bo‘lamiz.”-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: TBMM raisi Shento‘p: Bolqonlarda tinchlik va barqarolikning doimiy bo‘lishi Yevropa va dunyo tinchligi jihatidan ham muhimdir. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shento‘p, Serbiya poytaxti Belgradda Milliy majlis raisi Ivitsa Dachich bilan uyushtirgan matbuot anjumanida: “Bolqonlarda tinchlik va barqarolikning doimiy bo‘lishi nafaqat mintaqa va Bolqon davlatlari balki Yevropa va dunyo tinchligi jihatidan ham muhimdir degan fikrdamiz”.-deya gapirdi.

Star gazetasi: Kazakbayev turk ishbilarmonlarini yurtiga taklif qildi. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev, Qirg‘iziston bilan Turkiya o‘rtasida tijoriy va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida, turk ishbilarmonlarini Qirg‘izistondagi investitsiya faoliyatlarini oshirishga chaqirdi.

Sabah gazetasi: Turkiyaning tuzlangan bodringlariga eng ko‘p Germaniya, Niderlandiya va AQSh xaridor bo‘ldi. Turkiyadan yilning 11 oyida yo‘lga qo‘yilgan tuzlangan bodring eksporti daromadi 300 million dollarga yetdi. Germaniya 76 million dollarlik talabi bilan bu borada rekord o‘rnatdi. Niderlandiya 47 million dollarlik, AQSh esa 32 million dollarlik tuzlangan bodring xarid qilib oldi. Bundan tashqari Turkiyadan Britaniya 25 million dollarlik, Ruminiya esa 11 million dollarlik tuzlangan bodring xarid qildi.

Vatan gazetasi: Antaliyaga kelgan sayyohlar soni 9 milliondan oshdi. Antaliyaga kelgan sayyohlar sonida 2021-yil yakunida ham ortish qayd etilmoqda. Antaliya shahar hokimligi qoshidagi madaniyat va turizm yetakchiligidan mavzu haqida olingan ma’lumotga ko‘ra, Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni yanvar oyidan bugungi kunga qadar 9 milliondan oshgan.

 



Aloqador xabarlar